Moliya
41
ga sug‘urta, harbiy kiyim-bosh tikish, non mahsulotlari,
yog‘och-taxta, bog‘dorchilik mahsulotlari ishlab chiqarish,
shuningdek, tog‘-kon ishi va avtomobillarni
ijaraga berish
kirar edi. O‘tgan asrning 80-yillari davomida kompaniya shu
faoliyat turlarining ko‘pchiligi bilan shug‘ullanmay qo‘ydi va
butun diqqat-e’tiborini mehmonxona va qimor biznesiga qa-
ratdi. 1996-yilga kelib esa, korporatsiya
umuman telefon va
telegraf uskunalari ishlab chiqarmay qo‘ydi va telekommu-
nikatsiya xizmatlari ko‘rsatishni to‘xtatdi.
Firma qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishini uzil
-kesil belgi (aniq)lab olgach, kompaniya menejerlari fabri-
ka, mashina uskunalari, tadqiqot o‘tkaziladigan
laboratori-
yalar, ko‘rgazma zallari, ulgurji omborxonalar va boshqa
uzoq muddatli aktivlar qurish va sotib olish rejasini ishlab
chiqishlari hamda buning barchasini boshqaradigan xo-
dimlarni o‘qitish loyihasini tayyorlashlari kerak bo‘ladi. Bu
jarayon
investitsiyalarni rejalashtirish (capital budgeting pro
cess),
deb ataladi.
Bunday
tahlil birligi
investitsion loyiha (investment project)
hisoblanadi. Investitsiyalarni rejalashtirish har bir yangi in-
vestitsion loyiha uchun asosiy niyat (maqsad)larni belgilash,
ularga baho berish, eng manfaatli niyat (maqsad)ni
tanlash va
ularni amalga oshirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Firma aynan qanday loyihalarni amalga oshirishini bel-
gilab olgandan so‘ng shu loyihalar qay tarzda moliyalash-
ti
ri
lishini aniqlashi kerak. Investitsiyalarni rejalashtirish
bilan bog‘liq qarorlardan farqli o‘laroq kapital tuzilmasiga
taalluqli qarorlarni qabul qilayotganda tahlil birligi alohida
investitsion loyiha emas, balki firmaning butun o‘zidir. Ka
-
pital tuzilmasini aniqlash jarayoni firma faoliyatining ama
liy moliyaviy rejasini ishlab
chiqishdan boshlanadi, shun-
dan keyin moliyalashtirishning optimal tuzilmasini ishlab
chiqishga kirishish mumkin.
Firmalar turli-tuman moliyaviy instrumentlarni mu-
omalaga chiqarishi mumkin. Bu tashkillashtirilgan bozor-
masidan iborat narsa, qurama” ma’nolarida ishlatiladi. Qarang: o‘sha
manba. J.II. –B. 398.