Moliya 45
gi yoki kichkina ustaxona butun faoliyat davomida yakka
mulkligicha qolishi ham mumkin.
Shirkat (partnership) – bu ikki va undan ko‘p kishi
(oila) mulki bo‘lgan firma. Ular sherik deb ataladi va kom
-
paniya kapitaliga birgalikda egalik qiladilar. Sheriklik ke-
lishuvida odatda, qarorlar qanday qabul qilinishi va fir
-
maning daromad va zarari qanday taqsimlanishi belgilab
qo‘yiladi. Kelishuvda boshqa shart belgilangan bo‘lmasa,
sheriklar xuddi yakka mulkchilikdagi kabi majburiyatlar
bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega bo‘ladilar.
Ammo sheriklarning majburiyatlarini ma’lum darajada
cheklash ham mumkin. U holda bunday sheriklar
mas’uli yati cheklangan sheriklar yoki kommanditlar, deb ataladilar
(limited partners). Biroq bunda, sheriklarning hech bo‘lma-
sa bittasi firmaning qarzlari bo‘yicha cheklanmagan javob
-
garlikka ega bo‘ladi va u asosiy (bosh) sherik, deb ataladi.
Odatda, kommandit sheriklar shirkat faoliyatiga taalluqli
kundalik qarorlarni qabul qilishda ishtirok etmaydilar. Bu
asosiy (bosh) sherikning vakolatiga kiradi.
Xususiy korxona yoki shirkatdan farqli o‘laroq,
korpo- ratsiya (corporation) – bu mustaqil yuridik shaxs bo‘lib, u
o‘z egalaridan alohida faoliyat yuritadi. Korporatsiya mulkka
egalik qilish, qarz olish va shartnomalar tuzish huquqiga
ega. Ular sudga berishlari va ularni ham sudga berish mum-
kin. Bundan tashqari korporatsiyalarni va biznes yuritish-
ning ikkita boshqa shaklini soliqqa tortishda ham farq bor.
Korporatsiya ustav hujjatlari asosida boshqariladi. Ak-
siyadorlar korporatsiya daromadidan amalga oshiriladigan
har qanday to‘lovlarda o‘z aksiyalari soniga proporsional
80
ravishda ulushga ega bo‘lish (masalan, dividendlar ko‘ri-
nishida) huquqiga egadirlar. Aksiyadorlar direktorlar ken-
gashini saylaydi va ular o‘z navbatida, korporatsiya ish-
80
“Proporsional” lotincha “proportionalis” – mos, mutanosib; teng. 1.
Miqdorlardan biri qancha oshsa yoki kamaysa, boshqasi ham shuncha
o‘zgaradigan, mutanosib. 2. Qismlari, o‘lchamlari o‘zaro ma’lum nisbat-
da bo‘lgan, bo‘yi eniga mos, mutanosib, uyg‘un, kelishgan. Qarang: o‘sha
manba. J.III.–B. 313-314.