T. S. Malikov moliya


Mulk egalari kompaniyani boshqarishni



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

Mulk egalari kompaniyani boshqarishni
 
 
menejment bo‘yicha mutaxassislarga
 
topshirishining sabablari
Shu bilan birga ular firmani boshqarish uchun korxona 
egalariga qaraganda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan (ko‘pin-
cha shunday bo‘ladi ham), ko‘proq tajribaga ega bo‘lishi va 
shunchaki, yaxshi insoniy fazilatlar sohibi bo‘lishlari ham 
mumkin. Kompaniyani o‘zi boshqaradigan mulk egasi na-
faqat biznesni yuritish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy re-
surslarga, balki boshqaruvchi iqtidoriga ham ega bo‘lishi 
kerak. Kompaniya mulkiga egalik huquqini uni boshqar-
ishdan ayirganda esa tabiatda kam uchraydigan bunaqangi 
mushtaraklik talab etilmaydi.
Ko‘ngilochar biznes misolida shunday vaziyatni o‘rganib 
chiqamiz. Masalan, kinostudiya yoki televidenie tarmog‘ini 
boshqarish borasida yuqori malakaga ega kishilar bu so-
hada o‘z biznesini tashkil etish uchun moliyaviy resurs-


Moliya
49
larga va aksincha, buning uchun yetarlicha mablag‘ga ega 
badavlat kishi esa bu kabi tashkilotni boshqarish uchun 
zarur qobiliyatga ega bo‘lmasliklari mumkin. Shunday qilib, 
bunday vaziyatda eng maqbul yo‘l shuki, malakali muta-
xassislar filmlar yaratib, ularga prodyuserlik qiladilar va 
sotadilar, badavlat kishilar esa bu biznesni zarur miqdor-
da kapital bilan ta’minlaydilar. 
Ikkinchidan,
biznesda sa-
maradorlikka erishish yoki foyda ko‘rish uchun, ko‘pin-
cha, bir necha uy xo‘jaliklarining resurslarini birlashtirish 
kerak bo‘ladi. Masalan, kam byudjetli bo‘lsa­da, bitta film 
yaratishga millionlab mablag‘ sarflanadi, to‘liq metrajli film 
esa bir necha o‘n va hatto yuzlab million so‘mga tushadi. 
Bunday vaziyatda ishlab chiqarishning iqtisodiy samara-
li ko‘lami (masshtabi)ni ta’minlash maqsadida bir necha 
mulkdorlarni birlashtiradigan tuzilma talab etiladi va qizig‘i 
shundaki, ularning ko‘pchiligi bunday biznesni boshqarish-
da bevosita ishtirok etmaydi.
Uchinchidan,
iqtisodiy jarayonlarga xos bo‘lgan 
mavhum (noaniq)lik sharoitida investor
83
lar mablag‘larni 
turli firmalarga tikish (joylashtirish) orqali riskni taqsim
-
lashga intiladilar. Mablag‘larni optimal diversifikatsiya
84
qi-
lish uchun investor portfelida turli qimmatli qog‘ozlar oz-oz 
miqdorda bo‘lishi kerak. Kompaniya mulkiga egalik huquqi-
ni uni boshqarishdan ajratmasdan turib bunday taqsimotni 
amalga oshirish-ning iloji yo‘q.
Faraz qilaylik, investor ko‘ngil ochish sohasidagi ma’-
lum firmalar bir necha yil davomida daromad keltirishi 
mum kin, degan xulosaga keldi va ularning aksiyalariga di-
versifikatsiyalangan kapital kiritishga ahd qildi. Agar shu 
83
“Investor” inglizcha “investor”, lotincha “investire” – kiyintirmoq. In-
vestitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi shaxs, tashkilot yoki davlat. Qa-
rang: o‘sha manba. J.II.–B. 207.
84
Hozirgi sharoitda “diversifikatsiya” so‘zi iqtisodiy doiralarda emas, 
balki boshqa juda ko‘p holatlarda ham ishlatiladigan so‘z bo‘lsa-da, u 
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da o‘z aksini topmagan. Bu so‘z dunyoning 
juda ko‘p tillarida aynan shu tarzda ishlatilib, ishlatilish o‘rniga qarab 
asosan, “har xil, turli xil, xilma-xil, turli-tuman, rang-barang”(lashtirish, 
lashtirilgan) ma’nolarida qo‘llaniladi.


50

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin