Moliya
47
Germaniyada ochiq korporatsiyalar Aktiengesellschaf-
ten, deb ataladi va bunday korporatsiyani firma nomining
oxiridagi AG harflaridan bilsa bo‘ladi; xususiy korporats
i-
yalar Gesellschaften mit beschrankter Haftung, deb ata-
ladi va ularning nomiga GmbH harflari qo‘shiladi. Buyuk
Britaniyada PLS harflari mas’uliyati cheklangan ochiq
kompaniyalar uchun va LTD xususiy kompaniyalar uchun
xuddi shunday ma’noga ega. Tarixda nomi qolgan birinchi
korporatsiyalar Amsterdam va Londonda XVII asrda tash
-
kil etilgan va o‘zbekchada “aksiyadorlik kompaniyasi” (joint
stock companies), degan ma’noni anglatgan. Bugungi kun-
da bunday atamadan deyarli foydalanilmaydi.
Dostları ilə paylaş: