Moliya
59
boshqa investitsion imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot kerak
bo‘ladi. Bunday ma’lumotni qo‘lga kiritish uchun esa katta
mablag‘ sarflanishi mumkin (agar, umuman bunday ma’lu
-
motni sotib olish mumkin bo‘lsa).
Shu sababdan fond bozorining borligi (mavjudligi) me-
nejerlarga to‘plash nisbatan oson bo‘lgan ma’lumotlar, xus-
usan aksiya va obligatsiyalar bahosi to‘g‘risidagi ma’lumot-
lar hamda deyarli qo‘lga kiritib bo‘lmaydigan ma’lumotlar,
ya’ni
aksiyadorlarning boyligi, ular xush ko‘radigan narsal-
ar va boshqa investitsion imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot-
larni to‘plash imkonini beradi. Shunday qilib, yaxshi rivoj-
langan fond bozorlarining mavjudligi firma mulkiga egalik
huquqini uni boshqarishdan ajratishni samarali amalga
oshi rishga yordam beradi.
E’tibor bering, qaysidir ma’noda
korporatsiyaning oliy
rahbariyati va korporatsiya faoliyatini kuzatib boradigan
tashqi moliyaviy tahlilchilar oldida turgan vazifa bitta. Ikka-
la guruhdagi mutaxassislar oxir-oqibat bitta savolga javob
berishlari kerak: qanday qilib boshqaruv xodimlarining
qarorlari firma aksiyalarining bozor bahosiga ta’sir qilishi
mumkin?
Farqi esa shundaki, tahlilchilardan farqli o‘laroq,
menejerlar bu qarorlarni qabul qiladilar va ularning amalga
oshirilishi uchun javob beradi (mas’uldir)lar.
Biror korporatsiya oliy darajadagi boshqaruv xodimla-
rining asosiy vazifalarini bilib olish uchun boshqaruv ak-
siyadorlarga taqdim etadigan yillik hisobotga ko‘z tash-
lashning o‘zi kifoya. Odatda, bu hujjatga so‘zboshi sifatida
korporatsiya ijrochi direktorining xati ilova qilinadi. Ush-
bu xatda boshqaruvning moliyaviy maqsadlari va ushbu
maqsadga yetishish (erishish)ning
umumiy strategik rejasi
bayon etiladi.
Quyida Honeywell Corporation korporatsiyasining
2016-yil yakuni bo‘yicha o‘z aksiyadorlariga taqdim etgan
yillik hisobotidan ko‘chirma keltiramiz. Korporatsiya bosh-
qaruvi raisi Maykl R.Bonsinor (Michael R.Bonsignore) aksi-
yadorlarga quyidagi yozma murojaatni yo‘llagan: “Daromad-
li biznesning o‘sishi. Qoniqish hosil qilgan iste’molchilar.