T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
lar va menejerlar 
manfaatlari o‘rtasida ziddiyatlar
(of inter-
est) yuzaga kelishiga olib keladi. Korporatsiya egalari odat-
da, menejerlar ularning manfaatlarini qanchalik samarali 
himoya qilayotganlari to‘g‘risida juda cheklangan ma’lumot-
ga ega bo‘ladilar. Shu sababli menejerlar o‘zlarining aksi-
yadorlar oldidagi burchlariga beparvo bo‘lishlari mumkin. 
Ba’zi hollarda esa ular aksiyadorlar manfaatlariga zid ish-
lar qilishlari ham mumkin. Klassik siyosiy iqtisod asoschi-
si A.Smit bu borada shunday deydi: “Bunday (aksiyador-
lik) kompaniyalar direktorlari o‘zlarining emas, birovlarning 
pullarini boshqarar ekanlar, ulardan xuddi xususiy shirkat 
sheriklari o‘z mablag‘larini zukkolik va qunt bilan boshqar-
ganlari singari boshqarishlarini kutish aqlli ish bo‘lmay-
di. Badavlat odamlarning ko‘pchilik qullari kabi ular ham 
mayda-chuyda narsalarga ahamiyat berishni o‘zlarga mu-
nosib bilmaydilar va osongina o‘zlarini bunday vazifadan 
ozod etadilar. Shunday qilib, kompaniya ishlarini boshqa-
rishda bunday sovuqqonlik va isrofgarchilik u yoki bu da-
rajada kuzatiladi, albatta.”
88
Xulosa qilib shuni aytish joizki, sarf­xarajat oqilona qi
-
linsa, mulkdorlar va menejerlar manfaatlari o‘rtasida zid-
diyatlar yuzaga kelishi ehtimolining oldini olish mumkin, 
firma egalari odatda, t
ashkilotni o‘zlari boshqarmaydilar va 
kompaniyaga egalik qilish odatda, ko‘plab mulkdorlar o‘rta-
sida taqsimlanadi. Yana shuni aytish kerakki, mulkdorlar 
orasidagi o‘zgarishlar menejerlar o‘zgarishidan ko‘ra ko‘proq 
yuz berib turadi. 
3.3. Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va 
uning moliyaviy jihatlari
Oxir-oqibat korporatsiyaning boshqaruv xodimlari-
ni aksiyadorlar direktorlar kengashi orqali ish tutib yollar 
ekanlar, menejerlarning asosiy vazifasi imkon qadar aksiya-
88
Adam Smit, The Wealth of Nations (Chicago: University of Chicago 
Press, 1977).


Moliya
53
dorlar manfaatlarini ko‘zlab qaror qabul qilishdan iborat. 
Ammo bu korporatsiya menejerlarining yagona vazifasi 
emas. Jamiyatning har bir a’zosi singari, ular ham qonun-
larga rioya qilishlari, odob-axloq qoidalarini hurmat qilish-
lari va zaruratga ko‘ra albatta, agar bu aksiyadorlar to-
monidan katta sarf-xarajatlarga olib kelmasa, turli ijtimoiy 
vazifalar bajarilishiga ko‘maklashishlari kerak
89

Biroq korporativ menejment maqsadlarini faqat aksi-
yadorlar manfaatlariga xizmat qilish bilan cheklab qo‘yil-
ganda ham unga erishish usullarini aniq belgilashning 
iloji yo‘q. Aslini olganda menejerlar kompaniya egalari bi-
lan har bir masalani, shu jumladan, kompaniya tovarlari 
va xizmatlari assortiment
90
ini tanlash, kapital jalb qilish 
bo‘yicha sarf-xarajatlarni belgilash masalalarini muhoka-
ma qilishlari, ulardan eng maqbul variantlar qaysiligini 
so‘rashlari mumkin. Unday bo‘lsa, kompaniya egalari fir
-
mani o‘zlari boshqarganlarida qanchalik mutasaddi bo‘lsa-
lar, biznesni boshqarishga qancha vaqt sarf qilsalar, shun-
cha darajada mutasaddi bo‘lib, shuncha vaqt sarflagan 
bo‘lar edilar va mene-jerlar mehnatidan foydalanishdan 
ma’no qolmagan bo‘lar edi. 
Bundan tashqari bir necha kishi boshqaradigan firma 
uchun bunday yondashuv mos (mumkin) bo‘lsa ham, aksi-
yadorlari soni juda ko‘p firmalarda buning deyarli iloji yo‘q. 
Axir dunyoda millionlab aksiyadorlari jahonning turli mam-
lakatlarida yashaydigan ulkan xalqaro korporatsiyalar mav-
jud. Shunday qilib, menejerlar faoliyatini tartibga solish 
bo‘yicha asosiy vazifa yoki qoidani ishlab chiqish juda muhim 
masala bo‘lib, bunday qoida menejerlar firma boshqaruviga 
taalluqli u yoki bu masala yuzasidan aksiyadorlar o‘rtasida 
doimo so‘rov o‘tkazishlariga ehtiyoj qoldirmasligi kerak. 
89
Biz aksiyadorlar boyligini maksimallashtirishdan maqsad jamiyat 
manfaatlariga mos boshqa ijtimoiy maqsadlarga zid kelishi shart emas, 
degan farazdan kelib chiqamiz.
90
“Assortiment” fransuzcha “assortiment” – terma, yig‘ma, to‘plam, 
saralangan. Tovar va xizmatlarning turli xillari, nomlari va navlariga ko‘ra 
to‘plami. Qarang: o‘sha manba. J.I. –B.110


54

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin