Moliya
65
ning yangi dasturlariga mablag‘ ajratishdek maqsadga mu-
vofiqdir. Hatto, mana shunaqa dushmanona (boshqaruv xo
-
dimlariga nisbatan), g‘ayritabiiy ravishda “yutib yuborish”-
ga ixtisoslashgan firmalar ham mavjud. Oxiroqibat “yutilib
ketish” xavfi ehtimoli shunaqangi ortadiki, ishdan bo‘shatil
-
ishi xavfi menejerlar uchun juda samarali turtki bo‘ladi. Va
ular firma aksiyalarining bozor qiymatini maksimallashti
rishga intilib, jon-jahdi bilan aksiyadorlar manfaati yo‘lida,
shuningdek, o‘z manfaatlari yo‘lida ham mehnat qilishni
boshlaydilar.
Darhaqiqat, aksiyadorlar aniq ko‘rsatmalar bermasa-da
va samarali boshqarish nazariyasini
uncha chuqur bilma-
salar-da, menejerlar “o‘zini o‘zi saqlash” hissiyoti tufayli
ham firma bahosi (qiymati)ni imkon qadar (maksimal da
-
rajada) oshirishga intiladilar. Bundan tashqari yana shuni
ta’kidlash joizki, yuzaga kelgan vaziyatga sabab xoh mene-
jerlar malakasining pastligi bo‘lsin, xoh ularning maqsadni
noto‘g‘ri tanlagani bo‘lsin, baribir “yutib yuborish” mexa-
nizmi bir xil samaradorlik bilan uni to‘g‘rilashga qodirdir.
“Yutib yuborish” mexanizmining samaradorligi ba’zida
davlat siyosati tufayli pasayadi. Masalan, turli tovar bozor-
larida monopoliya
101
lar yuzaga
kelishini oldini olishga in-
tilib, AQSh Adliya vazirligi raqobat kamayishiga olib kelishi
mumkin bo‘lgan kompaniyalar birlashishi va bir kompaniya
ikkinchisini qo‘shib olishini cheklashga yo‘naltirilgan trest-
ga qarshi qonunchilik doirasida qator tadbirlarni amalga
oshirmoqda. “Yutib yuboruvchi” o‘rnida ko‘pincha sama-
rasiz korxonaga mahsulot yetkazib beruvchi, uning mijozi
yoki raqibi ish ko‘rar ekan, bunday davlat siyosati “yutib
yuborish” xavfini kamaytirishga qodir.
101
“Monopoliya” mono.. + yunoncha “poleo” – sotaman. 1. Iqtisodiyot-
ning biron-bir
sohasida tanho hukmronlik; davlat, korxona yoki jismoniy
shaxslarning ishlab chiqarish, savdo, hunarmandchilik sohasida faoliyat
olib borishi uchun berilgan alohida huquqi; 2.
Muayyan ishlab chiqa rish
yoki uning katta bir qismini, shuningdek, biron-bir tovar sotishni o‘z qo‘li-
ga olgan yirik xo‘jalik birlashmasi (kartel, sindikat, trest, konsern va sh.k.
Qarang: o‘sha manba. J.II. - B. 614.