Moliya 35
2-BOB. MOLIYAVIY QARORLAR 2.1. Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar Odatda, tarkibi va hajmi (o‘lchami) turlicha bo‘lgan oila-
lar uy xo‘jaliklari
71
deb ataladi. Bunda qutbning bir tomoni-
da (bir tarafida) bir necha avlod vakillaridan tashkil topgan,
bir uyda yashaydigan va ma’lum iqtisodiy resurslarga birga-
likda egalik qiladigan katta oilalar tursa, qutbning ikkinchi
tomonida (qaramaqarshi tarafida) bir o‘zi yashaydigan va
an’anaviy oila tushunchasiga mos kelmaydigan yakka in-
son turadi. Ammo Zamonaviy moliyada bunday oila ham uy
xo‘jaligi hisoblanadi
72
.
dividend va moliya siyosati qanday qilib umumiy qiymatga ta’sir qilishiga
e’tibor berishni tavsiya etganlar. M&M (Modilyani-Miller nazariyasi) nazari-
yasi, deb atalgan va ularning birgalikdagi ilmiy ishida bayon etilgan nazariya
zamonaviy korporativ moliya nazariyasining asosi hisoblanadi.
1997-yilda iqtisod sohasida Nobel mukofoti yana bir bor moliya sohasi
mutaxassislariga topshirilgan. Bu safar Robert K. Merton va Mayron Shoulz
(Myron Scholes) mukofot laureati bo‘lganlar. Laureatlarni aniqlash bo‘yicha
qo‘mita mukofot topshirish uchun yana bir olimni tavsiya etgan. Bu Fisher
Blek (Fisher Black) edi. Ammo uning 1995-yilda 57 yoshida bevaqt olamdan
ko‘z yumishi bu sharafga birgalikda sazovor bo‘lishga xalaqit berdi. Bu uch
olim opsionlar va qimmatli qog‘ozlarning boshqa hosilalari bahosini hisoblab
chiqish uchun matematik formulani kashf etganlar. Bu formula Blek-Shoulz
formulasi (Black Scholes option pricing formula) nomi bilan tanilgan.
71
Butun dunyo mamlakatlarida bu narsa xuddi shunday shakl va maz-
munda ishlatilib kelinayotgan bo‘lishiga qaramasdan, afsuski, o‘zbek iqtisodiy
adabiyotida uni «oila xo‘jaligi» yoki «xonadon xo‘jaligi» tarzida talqin qilish hol-
lari ham uchrab turmoqda. “Uy xo‘jaligi” deyilganda ko‘z oldimizda nari borsa,
shaxs (oila)ning devor bilan o‘rab olingan alohida hovlisi yoki ko‘p qavatli uylar-
dagi xonadoni va ularda yashovchilarning faoliyati namoyon bo‘lmoqda. Bu bi-
lan “uy”, “oila” va “xonadon” so‘zlari o‘rtasida, asossiz ravishda barobarlik belgi-
si qo‘yil moqda. Holbuki, bu so‘zlar ma’no va mazmun jihatidan bir-biriga yaqin
va ayrim hollarda, hatto sinonim so‘zlar sifatida e’tirof etilishiga qaramasdan
ularning farqli jihatlari ham mavjud ekanligi e’tibordan chetda qolmoqda. Bu
to‘g‘rida batafsil qarang: o‘sha manba. J.III. –B. 97; J.IV. – B.271-272; 411.
72
Ana shu bayon qilinganlarga asoslanib, «uy xo‘jaligi moliyasi», «oila
mo liyasi» va «xonadon moliyasi» tushunchalari o‘rtasida barobarlik belgis-
ini qo‘yib ko‘ringchi, buning uddasidan chiqib bo‘larmikan?