Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish va risklarni
baholash usullari
Jumaniyazov Inomjon Turaevich
inomjomscience@gmail.com
Juraev Maqsud Annaqulovich
Toshkent moliya instituti
Annotatsiya: Mazkur maqolada korxonalarda moliyaviy qarorlarni qabul qilish
va moliyaviy risklarni baholash hamda boshqarish mexanizmini rivojlantirishning
iqtisodiy ahamiyati bayon etilgan. Xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda moliyaviy
risklarni boshqarish jarayonlarining asosiy elementlari tadqiq etilgan. Moliyaviy
qarorlarni qabul qilishga ta’sir etuvchi iqki va tashqi omillar o‘rganilgan. Korxonalarda
moliya strategiyasini ishlab chiqish va unda moliyaviy risklarni boshqarish va baholash
amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so’zlar: moliyaviy qarorlar, moliyaviy risk, kapital, investitsion loyiha,
baholash, moliya bozori, moliyaviy menejment, daromadlilik, ehtimollik, moliyaviy
strategiya.
Methods of financial decision making and risk assessment in
enterprises
Inomjon T. Jumaniyazov
inomjomscience@gmail.com
A. Jurayev
Tashkent Institute of Finance
Abstract: This article describes the economic importance of developing financial
decision-making and financial risk assessment and management mechanisms in
enterprises. The main elements of financial risk management processes have been
studied based on international practice. Both external and external factors influencing
financial decision making have been studied. Proposals have been developed to
develop financial strategies in enterprises and to improve the practice of financial risk
management and assessment.
Keywords: financial decisions, financial risk, capital, investment project,
appraisal, finance market, financial management, profitability, probability, financial
strategy.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1646
Kirish
Jahon amaliyoti keskin raqobat sharoitida har bir korxona oldiga nafaqat bugungi
kunda, balki istiqbolda ham bozordagi o‘rnini saqlab qolish hamda kengaytirishni shart
qilib qo‘ymoqda. Bunda global iqtisodiyotdagi tebranishlar yangi istiqbolli loyihalar
ustida ishlash, loyihalarni moliyaviy ta’minlash imkoniyatlarini baholash va tegishli
choralar ko‘rish, investitsiya faoliyatidan kutilayotgan natijadorlikni ta’minlash,
moliyaviy ta’minot va investitsion faoliyatni rejalashtirishda yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan moliyaviy risklarni oldindan ko‘ra bilish kabilarni shart qilib qo‘ymoqda va bu
jihatlar bevosita korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish amaliyoti bilan bog‘liq
bo‘lib qolmoqda. “Jahon bankining istiqboldagi biznes muhiti, moliyaviy strategiyalar
borasida qator hisobotlarida ham bevosita moliyaviy qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq
jihatlarga jiddiy e’tibor qaratilgan” [1]. Shuningdek, “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot
banki tomonidan ayrim davlatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan moliyaviy rejalashtirish
bo‘yicha assotsiatsiyalar maqsadi ham korxonalar va mamlakatning moliyaviy-
iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladi” [2]. Bunda asosiy e’tibor jahon bozoridagi
o‘zgarishlarni oldindan baholash orqali moliyaviy rejalarni har tomonlama asosli
tuzish va to‘g’ri moliyaviy qarorlarni qabul qilishga qaratiladi.
Xalqaro amaliyotda korxonalar faoliyatida moliyaviy qarorlar qabul qilishga doir
ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy izlanishlarda jahon bozori kon’yukturasidagi
o‘zgarishlar, bugungi kundagi biznes muhiti, raqobatning milliy doiradan jahon
darajasiga chiqqanligi asosida o‘rta va uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirish,
strategik moliyaviy tahlil va strategik rejalashtirishda ta’sir etuvchi omillarni oldindan
baholash kabilarga alohida e’tibor qaratilgan. Garchi bu borada atroflicha tadqiqotlar
amalga oshirilayotgan bo‘lsada, raqamli iqtisodiyotning keng doirada turli sohalarga
kirib borishi, jahon bozoridagi keskin o‘zgarishlar moliyaviy rejalashtirish borasida
atroflicha tahlillar asosida moliyaviy qarorlar qabul qilishni talab qilmoqda. Bu jihat
o‘z-o‘zidan milliy va xalqaro darajada kompleks tadqiqotlar olib borish orqali
moliyaviy rejalashtirish amaliyotini samarali tashkil etishni shart qilib qo‘ymoqda.
Mamlakatimizda korxonalar faoliyatini rivojlantirishga, istiqbolda jahon bozorida
mustahkam o‘rin egallashiga erishishda korporativ moliyaviy strategiyaning to‘g‘ri
belgilanishi, strategik va joriy moliyaviy rejalarning o‘z vaqtida to‘liq amalga
oshirilishi alohida ahamiyat kasb etishidan kelib chiqqan holda moliyaviy-iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash, makrodarajada moliyaviy ko‘rsatkichlar prognozlarini
oldindan belgilash, soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlash, soliq yukini
pasaytirish kabilarga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |