Moliya
111
taqdim qilishingizga ishonadilar. Bundan tashqari hatto ish
boshidan muvafaqqiyatli bo‘lmagan va Sizda qiyinchiliklar
tug‘ilgan holatda ham Sizning yaqinlaringiz Siz ularning
manfaatlarini himoya qilish uchun
bor imkoniyatingizni
ishga solishingizni bilishadi.
Endi agar Siz bankdan qarz olishga qaror qilganingizda
kelib chiqadigan vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Ehtimol, Sizga
mutlaqo notanish bo‘lgan bank xizmatchisi bilan biznes re-
jangizni batafsil muhokama qilishni xohlamassiz. Yoki xoh-
laysizmi? Axir bu variantda Sizga raqib bo‘ladigan boshqa
mijozga bu to‘g‘rida aytib berishi
mumkinligi istisno qilin-
magan. Hattoki, Siz ushbu masalani hal etishga muvaffaq
bo‘lsangiz ham yana yangisi yuzaga kelishi mumkin va bu-
ning vujudga kelmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi.
Qarzlarni taqdim qilish qarorini qabul qiluvchi bank
xizmatchilari esa, mijozlarda bo‘lajak biznesning barcha
mumkin bo‘lgan qiyinchiliklari to‘g‘risida ochiqchasiga ga-
pirib berish uchun asos mavjud emasligi bois ko‘pincha
qarzni taqdim qilishga shunchaki rozi bo‘lmaydilar
172
. Shu-
nisi ayonki, buni har qanday odam eng noiloj vaziyatdagina
oshkora qilishi mumkin. Axir buni “Hayot!” deydilar!!!
Shunday qilib, axborot almashinishda
ish imkoniyatla-
riga nisbatan ma’lum bir tengsizliklar yoki nomutanosib-
lik yuzaga keladi: mijoz o‘zining bo‘lajak biznesi to‘g‘risida
bank xizmatchisidan ko‘ra ancha ko‘p biladi. Buning usti-
ga, Siz bankka qarz uchun kelganingizda, bank xizmatchisi-
ga o‘zi ning Siz uchun mutlaqo notanish odamligi, bank esa
biror-bir mas’uliyatsiz muassasadan ortiq emasligi aniq
ma’lum. Demak, ishingizning borishi yomonlashsa, Siz unga
yaqinlaringiz mablag‘lari sarflanganida qanday yo‘l tutga
nin giz kabi harakat qilmas, ya’ni holatni to‘g‘rilash
uchun
barcha imkoniyatlarni ishga solmas edingiz. Hatto, buning
ustiga, Siz bu biznesdan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qili-
shingiz va qarzni to‘lamasligingiz ham mumkin. Shunday
172
“Bu misol ham “stimul”ning faqat “rag‘bat”dan iborat emasligini yana
bir karra tasdiqlaydi.