“Ilm-fan muammolari magistrantlar talqinida” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
~ 42 ~
ezgulikning poydevori sifatida olib qaraladi.Koshifiy “Ahloqi muhsiniy” asarida adolat
tushunchasiga, ayniqsa, batafsil to‘xtaladi va uni o‘ziga xos sharhlaydi.”
“
Adolat zulm ko‘rganlarning dodiga yetib, ahvollariga shavqat nazari bilan qarash demak. Ehson esa g‘ussa tig‘idan majruh bo‘lganlarning jarohatiga rohat malhamini surish demakdir”. [“Ahloqi muhsiniy”. 42-bet ]. Demak, olim adolatning
savobini cheksiz deb bilgan Adolatli bo‘lish bu zulm ko‘rgan insonlarga yordam berish
ularning dardiga darmon bo‘lish, insoniylikning belgisi sifatida ta’riflagan. Doima
adolatli bo‘lish va adolat tarafida turish kishiga manfaat olib keladi,chunki haqiqat
yo‘li kishini muvaffaqiyat sari olib borishi aniq. Haqiqat tarafdori bo‘lish orqali obro‘-
e’tibor, hurmat-ehtirom orttiradi va dunyoda xech kimdan tili qisiq bo‘lmaydi.
Adolatsizlik esa, buning aksi. Kishi haddidan oshgani, o‘zini yo‘qotib qo‘ygani
tufayligina adolat mezonodan o‘tishi mumkin.
Insonlarni adolat va haqiqat asosida harakat qilishga majbur qiladigan fazilatlar,
uning irodasining to‘g‘riligiga olib keladi va odamlarni illatlardan uzoqlashtiradi.
Ko‘pincha xulqning yaxshiligi xalq bilan birga zikr qilinadi. “Falonchining xulqi ham
go‘zal, xalqi ham go‘zal”, - deyiladi.Bu uning ichi ham, sirti ham yaxshi deganidir.
Xulqdan murod ichki surat, xalqdan murod tashqi suratdir. Zotan inson jasad va
nafasdan iboratdir. Jasad tan ko‘zi ila, nafs qalb ko‘zi ila idrok qilinadi. Ularning har
birining o‘ziga yarasha shakl shamoili, chiroyli va xunuk surati bor. Qalb ko‘zi bilan
idrok qilinadigan nafs tan ko‘zi bilan idrok qilinadigan jasaddan ulug‘dir. Shuning
uchun ham amallar yaxshi bo‘lsa “yaxshi xulq” deb, yomon bo‘lsa, “yomon xulq” deb
ataladi. Kimki yaxshi kishilar bilan ko‘proq hamsuhbat bo‘lsa, u inson hamisha
niyatiga yetadi Bu haqda Koshifiy “
Yaxshilar bilan hamsuhbat va donolar bilan hamnishin bo‘lish saodati abadiy kimyosi va doimiy davlat rahnamosidir“ [“ Ahloqi
muhsiniy” 205-bet
] – deya ta’rif bergan. Bu ayni haqiqat yaxshilarning suhbati
chinakam saodatga eltuvchidir. Yomonlarning aralashuvi esa baxtsizlikka
boshlovchidir. Bunga shak-shubha yo‘q. Yaxshilarning suhbati insonga ko‘p va xo‘b
foyda beradi. Faqat chiroyli odob sharti bilan. “Yaxshilar bilan suhbat qurish” bayonida
podshohlar saltanatni uzoq ushlab turishining boisi hargiz suhbatlarini hakimlar va
fozillardan xoli, ularning kengashisiz hech hukm yuritmasligida deb biladi. Bunga
misol tariqasida yunoniylarning rasm rusumlari haqida aytib o‘tishimiz mumkin. Ular
viloyatlarga hokim tanlashda ilmli, fozil kishilardan bo‘lishini xohlaganlar. “
Xabarda yozilishicha, yaxshi hamsuhbat attor kabi bo‘lib, garchi mol-mulkdan bermasa ham, uning hididan bahramand bo‘lasan, yomon hamsuhbat temirchi kabi bo‘lib, garchi o‘tida kuymasang ham, tutun va issig‘idan alamnok bo‘lasan. ”.
[“ Ahloqi muhsiniy”
207-bet
]. Ya’ni, yaxshi hamsuhbat mushki anbar olib yurgan kishiga o‘xshaydi. Birga
yursang mushkidan beradi, bermasa ham, uning hush bo‘yidan bahranmand bo‘lasan,
Yomon hamsuhbat temirchiga o‘xshaydi. Yo kiyimingni kuydiradi, yoki uning
badbo‘y hidi senga ham urib qoladi deyilgan. Shunday ekan, inson axloqini go‘zal va