Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati va mеzoni


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI



Yüklə 68,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix27.12.2023
ölçüsü68,18 Kb.
#200300
1   2   3   4   5   6   7
MTYnhZtd3fYgZqjDUw89Dqa6sSl5ZV3lT0Yt9b2L

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI 
YANADA RIVOJLANTIRISH 
BO‘YICHA HARAKATLAR 
STRATEGIYASI TO‘G‘RISIDA




Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli
islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik
va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda
qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik
va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor
bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning
bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratdi.

Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv
tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich
amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani
makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan
o‘sishini, inflatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni
ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik
harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar
yaratilishiga xizmat qildi.

Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur
tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib, 
globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani
davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish
uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish
va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.



Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har
tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni
modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha
ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida:

1. Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama
o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani
tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan
hamda quyidagilarni nazarda tutadigan

Yüklə 68,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin