III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning
ustuvor yo‘nalishlari
makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli
dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni
chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori
o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat
budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy
budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan
budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish
siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish
va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish;
ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan
holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek
valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini
bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini
ta’minlash;
bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini
ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini
oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini
mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada
kengaytirish;
sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning
yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish,
shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy
institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil
manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan,
yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni
kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga
oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va
kreditlardan samarali foydalanish.
|