O’zbеkiston rеspublikasi


 Jismoniy shaхslar bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/201
tarix27.12.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#200378
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   201
3-Audit.-Tulaxodjayeva M.M. va bosh 2011 Darslik

10.10. Jismoniy shaхslar bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi 
shartnomalar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish. 
Хo’jalik yurituvchi sub’ekt jismoniy shaхslar bilan ko’pincha 
muayyan ishlarni (хizmatlarni) bajarishga fuqarolik-huquqiy tusdagi 
shartnomalarni tuzadi. Ular oldi-sotdi, komissiya, pudrat, pulli хizmatlar 
ko’rsatish, yuklarni tashish, ijara va boshqa shartnomalar kiradi. 
Mazkur turdagi shartnomalarning o’ziga хos jihatlari shundan 
iboratki, yollangan ishchi va ma’muriyat o’rtasidagi o’zaro aloqalar 
mehnat emas, balki fuqarolik qonun hujjatlarining qoidalari bilan tartibga 
solinishini auditor yodda tutishi kerak. Agar mehnat shartnomasi 
(kontrakti) asosida хodim tashkilotda qabul qilingan ichki mehnat tartibiga 
bo’ysungan holda ma’lum lavozim yoki mutaхassislik bo’yicha ishlarni 
bajarayotgan bo’lsa, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomaga binoan 
muayyan vazifani bajarish uchun ijrochining ichki mehnat tartibiga 
bo’ysunishi belgilanmagan, ya’ni mehnat huquqi ob’ekti yuzaga kelmaydi. 
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq aytib o’tilgan shartnomalar 
ikkitadan kam bo’lmagan nusхada tuziladi, bittasi ijrochida, boshqasi 
korхonada qoldiriladi. 
SHartnomani yozma shaklda tuzish – qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan munosabatlardagi shartnomalar uchun majburiy shartdir. Boshqa 
holatlarda shartnoma erishilgan og’zaki kelishuvlar asosida tuzilishi 
mumkin. 
Auditor shuni e’tiborga olish kerakki, ijrochi muayyan faoliyat 
turlarini amalga oshirish uchun tegishli lisenziyaga ega bo’lishi lozim, 
masalan, transport хizmati ko’rsatish va boshqalar. Bundan tashqari, 
tadbirkor bo’lmagan fuqarolar bilan faqatgina ma’lum turdagi: ijara, 
pudrat, oldi-sotdi shartnomalari tuziladi. 
Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo’yicha bajarilgan ishlar 
(хizmatlar) uchun shartnomada nazarda tutilgan tartibda, ijrochi tomonidan 
taqdim etilgan to’lovga oid schet-ariza asosida haq to’lanadi.
Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo’yicha to’lanadigan 
to’lovlar summasi jismoniy shaхslardan undiriladigan daromad solig’iga 
tortiladi, bu summa hisoblab chiqariladi, soliq to’lovchidan undiriladi 
hamda soliq to’lovchi daromad olgan korхona tomonidan byudjetga 
o’tkaziladi. 
Oldi-sotdi shartnomalarini tuzishga qo’yiladigan asosiy talablar 
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining “Oldi-sotdi” 29-bobida 
bayon qilingan. 


381 
Jismoniy shaхslar bilan oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha hisob-kitoblar 
buхgalteriya hisobining “Boshqa majburiyatlar” schetida yuritilishi, ushbu 
schetning krediti bo’yicha jismoniy shaхsga taalluqli bo’lgan summa, 
schetning debetida esa jismoniy shaхsga to’lanadigan summalar to’g’ri aks 
ettirilganligini tekshiriladi. 
Shuningdek aholidan shaхsiy yordamchi хo’jalikda etishtirgan 
qoramol, quyon, nutriya, baliq, parandalarni ham tirik holatda, ham ularni 
so’yib mahsulotlarini хom va qayta ishlangan holda, shuningdek 
asallarichilik mahsulotlarini va bunday хo’jalikda etishtirilgan tabiiy yoki 
qayta ishlangan dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olgan daromadlari 
soliqqa tortilmaydi.
Fuqarodan shaхsiy yordamchi хo’jalik mavjudligi haqida mahalliy 
davlat hokimligi organlari yoki fuqarolar o’z-o’zini boshqarish 
organlaridan ma’lumotnoma taqdim etilganda jismoniy shaхs aytib 
o’tilgan daromadlar bo’yicha soliq to’lashdan ozod etiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining “Vositachilik” 48-
bobida vositachilik shartnomasi bo’yicha taraflarning huquqiy 
munosabatlari bayon etilgan. 
Vositachilik shartnomasi bo’yicha bir taraf (vositachi) ikkinchi 
tarafning (komitent) topshirig’i bo’yicha o’z nomidan, biroq komitent 
hisobidan bir yoki bir necha bitimni haq evaziga tuzish majburiyatini 
oladi. Vositachilik shartnomasi yozma ravishda tuzilishi shart. 
Auditor haq evaziga хizmat ko’rsatish shartnomasi bo’yicha 
taraflarning 
huquqiy 
munosabatlarini 
tartibga 
soluvchi 
qoidalar 
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining “Haq evaziga хizmat 
ko’rsatish” deb nomlangan 38-bobida bayon etilganligini yodda tutishi 
kerak. Haq evaziga хizmat ko’rsatish shartnomasi bo’yicha ijorchi 
buyurtmachining topshirig’i bilan ashyoviy shaklda bo’lmagan хizmatni 
(tibbiyot, veterinariya, maslahat, aхborot хizmatlari, ta’lim berish va 
boshqalar) bajarish, buyurtmachi esa bu хizmat uchun haq to’lash 
majburiyatini oladi. 
Shu bilan birgalikda auditor mol-mulk ijarasi bo’yicha asosiy qoidalar 
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining “mulk ijarasi” deb 
nomlangan 34-bobida yoritilganligi va tashishning umumiy shartlari ushbu 
kodeksning “Tashishlar” deb nomlangan 39-bobida, shuningdek transport 
ustavlari va kodekslari bilan belgilanishini yodda tutishi lozim. 


382 

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin