O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
23-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.10.2023
IJTIMOIY PEDAGOGIKANI VA IJTIMOIY-PEDAGOGIK FAOLIYAT RIVOJINING
METODOLOGIK ASOSLARI
Tulaganova Dilfuza Rustamdjanovna
TAFU, Maktabgacha ta’lim metodikasi o’qituvchisi
Annotasiya
Ushbu maqolada Pedagogika va ijtimoiy pedagogika mezonlari,
prinsiplari, metodlar haqida tushuncha berilgan bo’lib bolalarda kelajak jamiyat
a’zosida zarur bo‘lgan o‘z xatti - harakati uchun javob beradigan; g‘amxo‘rlik, beminnat
ish qilishlik, murakkab sharoitlarda irodaviy kuch topa oladigan, qiyinchiliklar yenga
oladigan, mehnatsevar, ona - vatanga cheksiz muxabbat, kamtarlik, minnatdorchilik va
boshqa sifatlarni shakllantirishlari alohida yoritilgan.
Kalit so’zlar:
shaxs, rivojlanish, faoliyat, ijtimoiylashuv, jamiyat, ta’lim, tarbiya,
o‘qitish, pedagogik faoliyat, ijtimoiy pedagogik faoliyat, ijtimoiy ta’lim, ijtimoiy tarbiya,
ijtimoiy g‘amxo‘rlik, insonga ta’sir o‘tkazish, ta’limning ijtimoiy strukturasi, ijtimoiy
himoya, ma’naviy yordam.
Kirish. Yurtimizning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, ijtimoiy hayotida islohotlar izchil
amalga oshirilmoqda. Mamlakat taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ushbu
sohalarda amalga
oshirilayotgan islohotlar, asosan insonga, uning manfaatlariga
qaratilgandir. Buni biz Yurtboshimiz SH.M. Mirziyoyevning “Agar
menda sizni nima
qiynaydi?” deb so’rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman -
degan fikrlaridan ham ko`rishimiz mumkin. Mamlakatimizda qonunlar ustivorligiga
amal qilinadigan demokratik jamiyatni barpo etishga kirishilgan bugungi kunda
jamiyatimizning barcha a’zolarini, birinchi navbatda o‘sib
kelayotgan yosh avlodni
ijtimoiy ruxda tarbiyalash g‘oyat dolzarb masalalardan hisoblanadi. Zero, har bir shaxs
birinchidan, jamiyatimizning a’zosi sifatida ijtimoiy hayotimizda amalga oshirilayotgan
islohotlar, yangilanishlarning yaratuvchisi, jamiyat sub’ekti bo‘lsa; ikkinchidan esa, u
mazkur jarayonning qatnashchisidir. Bu jihatdan olganda inson jamiyatning ob’ektidir.
Ma’lumki,
jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-ma’naviy hayotning rivojlanishi murakkab
jarayonlardan iborat. Albatta, bunday jarayon kishilarga turlicha ta’sir ko’rsatadi.
Fan bilimlar tizimi, uning tushunchalari va mezonlarida aks etadi. Tushunchalar-
mavjud dunyoni idrok etish jarayonidagi aks etilishi shakllaridan biri. Har qanday fan
rivojlanish jarayonida tushunchalar fan mezoniga birlashadi, kengayadi va qayta xosil
qilinadi. Mezonlar yanada umumiy, fundamntal «asliy»
deb atalmish tushunchalarni
birlashtiradi. Bu tushunchalardan mazkur fanda ishlatiladigan tushunchalar hosil
bo‘ladi. Oxirgi yillarda pedagogikada farqlanish jarayoni kuchaydi. Ko‘pgina yangi
ilmiy sohalar yuzaga keldi, bular soniga ijtimoiy pedagogika ham kirdi. Pedagogikaning
har bir yangi ilmiy sohasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar uning mezon
va tushunchalari tizimida o‘z aksini topali. Ijtimoiy pedagogika mezonlarini ko‘rib
chiqishda avvallambor biz pedagogika mezonlarini ajiratamiz. U (pedagogika) boshqa