Biokimyo pmd


Uglevodlar almashuvining buzilishi



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Uglevodlar almashuvining buzilishi
Qandli diabet
Uglevodlar almashuvini regulyatsiyasining buzilishi (insulin
gormonining yetmasligi) qandli diabet kasalligini kelib chiqishiga sabab
bo ladi.
Bu vaqtda: giperglikemiya va glikozuriya qondagi qandning miqdori
hatto 1000 mg% dan oshib ketishi hamda siydik bilan glyukoza ko‘p
miqdorda (bir necha gramm) ajralishi mumkin.
Atsetonomiya va atsetonuriya qonda atseton, atsetouksus kislotasi, g-
oksimoy kislotasining miqdori ortib, hatto siydik orqali ko‘p miqdorda
ajraladi. Soglom organizmda g-oksimoy va atsetosirka kislotalari
atsetonga aylanmaydi, balki CO
2
, H
2
O ga qadar oksidlanib ketadi.
Qonning pH 7,0 va hatto kislotali tomonga (normada qonning pH 7,35-
7,4 bo‘ladi) so‘rilishi yuz berib, bu holatga atsidoz deyiladi. Oqsilning
to‘qimalarda parchalanishi tezlashib, azot tutuvchi oxirgi moddalar ham
siydik bilan ko‘p miqdorda ajraladilar. Suv va tuz almashinuvi ham
buziladi (67-rasm).
Qandli diabet kasalligida avvalo:
1.Glikogen sintezi pasayadi. Hatto toxtashi ham mumkin.
2. Glyukoza-6-fosfatning hujayrada miqdori kamayadi, chunki
geksokinaza fermentining faolligi pasayib, glyukoza-6-fosfatazaning
faolligi oshadi.


227
67-rasm. 
Insulin etishmasligining oqibatlari.


228
3. Krebs siklining tezligi susayadi.
4. Glyukozaning pentozofosfat yo‘li bilan oksidlanishi ham
kamayadi, chunki glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza va
fosfoglyukonatdegidrogenazalarning faolligi pasayadi.
5. Glyukozaning yog‘ga aylanishi to‘xtaydi.
6. Glyukoneogenez (aminokislotalarning va yog‘larning
parchalanishi mahsulotlaridan glyukoza sintezlanishi) tezlashadi.
Xulosa qilib aytganda, uglevod almashinuvi regulyatsiyasining
buzilishi uglevodlarnigina emas, aminokislotalar, yog‘lar, suv va mineral
tuzlar almashinuvining buzilishiga olib keladi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin