278
2. Omego-dekarboksillanish
mikroorganizmlarga xosdir. Masalan:
bu yo‘l bilan asparaginat kislotadan a-alanin hosil bo‘ladi:
3. Transaminlanish reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan
dekarboksillanish
. Ushbu reaksiyada dastlabki
aminokislotaga muvofik
yangi aminokislota va aldegit hosil bo‘ladi.
4. Ikkita molekulaning kondensatsiya reaksiyasi bilan bog‘liq
bo‘lgan dekarboksillanish
ushbu reaksiya hayvon to‘qimalarida glitsin
va suksinil-KoA dan sigma-aminolevulinat
kislota va sfingolipidlar
sintezida hamda o‘simliklarda biotin sintezida sodir bo‘ladi.
Gista’min hosil bo‘lishi va ahamiyati.
Gista’min gistidinning
maxsus dekaboqsilaza ta’sirida dekarboksillanishidan hosil bo‘ladigan
muhim biogen amindir:
Gista’min keng biologik ta’sir qilish spektoriga egadir:
arteriolalar bilan kapillyarlarni kengaytiradi,
natijada qon bosimi
pasayadi;
kapilllyarlar o‘tkazuvchanligini kuchaytiradi;
bosh miyada kapillyarlarni kengaytiradi va qondan suyuqlik chiqishi
kalla ichki bosimi kotarilishiga va bosh ogrigi paydo bo‘lishiga olib
keladi;
o‘pka silliq
muskullarini qisqartiradi, natijada birdan nafas qisib
qolishi va bogilish tariqasida namoyon bo‘ladi;
me’da shirasi va solak ajralishini kuchaytiradi.
279
Allergik reaksiya sodir bo‘lishida biogen omillar ahamiyati.
Antigista’min dori-darmonlar.
Organizmga ba’zi antigen moddalar
(oqsil
tabiatli, polisaxaridli antigenlar, bir qancha dorilar) tushganda
organizmning sensibilizatsiyalashgan holati (darhol
yuzaga chiqadigan
turdagi ota sezuvchanlik holati) rivojlanadi. Osha antigenning ozi bir
necha daqiqa davomida organizmga yana tushadigan bo‘lsa, bu
gista’min shokining deyarli aniq nusxasidan iborat bo‘lgan o‘tkir
reaksiya boshlanishiga olib keladi (anafilaktik va allergik reaksiyalar).
Bu reaksiyalar mexanizmi semiz hujayralardagi gista’min ajralib
chiqishini o‘z ichiga oladi. Bu hujayralardan gista’min
ularning yuzasida
antigen-antitana ta’siri yuzaga kelishi natijasida ajralib chiqadi.
Ushbu reaksiyalarni oldini olish va davolashda antigista’min
preparatlaridan foydalaniladi: sanorin, pipolfen, dimedrol,
glyukokortikoidlar va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: