XIV BOB
UGLÅVOD, YOG‘ VA AMINOKISLOTALAR
ALMASHINUVINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Odam organizmida kechadigan moddalar almashinuvi jarayoni
betartib kechmasdan, balki integratsiyalangan va bir-biriga bog‘liq
ravishda sodir bo‘ladi. Organik moddalarni o‘zgarishi, anabolizm va
katabolizm jarayonlari bir-biri bilan o‘zaro mustahkam bog‘langan.
Xususan sintez va parchalanish jarayonlari o‘zaro mustahkam
bog‘langan va koordinatsiyalangan kimyoviy jarayonlarga tegishli
yonalish beruvchi neyrogormonal mexanizmlar yordamida
boshqariladi. Odam organizmida boshqa tirik tabiatdagi kabi oqsil,
yog‘, uglevod va nuklein kislotalarining mustaqil almashinuvi
bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda uglevod, oqsil va yog‘ molekulalari
parchalanishining 4 bosqichi, ularni asosiy ovqat moddalardan
energiya hosil qilish bilan integratsiyasi tajribada tasdiqlangan. Shunga
o‘xshash jarayonlarni biz modda almashinuviga kirish bosqichida
batafsil ko‘rib chiqqanmiz. Bu bobda biz oqsil, yog‘, uglevod struktur
elementlarini bir-biriga aylanishi va almashinuvini qisqa misollarda
ko‘rib chiqamiz. Modda almashinuvi organizmda uning alohida
jarayonlarining o‘zaro ta’siri va bog‘liqligida kechadi. Odam
organizmida kechadigan uglevod, yog‘, aminokislota almashinuvi
alohida-alohida o‘rganiladi, bu ularni tushunishga qulaydir.
Dostları ilə paylaş: