310
25-jadval
Aminokislotalar azotsiz qoldig‘ining almashinuvi
Glikogen
Ketogen Glikogen va ketogen
aminokislotalar:
aminokislotalar:
aminokislotalar:
Alanin, arginin, leytsin Izoleytsin, lizin,
asparagin, sistein, fenilalanin, tirozin
glutamin, glitsin,
gistidin, prolin,
oksiprolin,
metionin,
serin, treonin, triptofan,
valin
Glikogen aminokislotalarning almashinuvi natijasida piruvat,
oksaloatsetat,
α
-ketoglutarat hosil bo‘ladi, ulardan glikogen sintezlanadi.
Ketogen aminokislotalarning almashinuvi natijasida atsetoatsetat, atsetil-
KoA va atseton (keton tanachalari) hosil bo‘ladi.
Aminokislota va glitserindan glyukoza sintezi
Aminokislotalardan glyukoneogenezning mumkinligi qandli diabetni
o‘rganishda ko‘rsatilgan. Eksperimental qandli diabetli hayvonlarda
50% (Ba’zida 80% gacha) kiritilgan oqsilning glyukozaga aylanishi
ko‘rsatilgan. Bu jarayonda glikogen aminokislotalar
eng muhim orinni
o‘ynaydi, ularning parchalanishidagi azotsiz qoldig‘idan pirouzum
kislota hosil bo‘ladi, u esa glyukoza parchalanishi va sintezining oraliq
metabolitidir. Mushaklarda oqsilni parchalanishida hosil bo‘lgan alanin,
serin, treonin, sistein kabi aminokislotalardan glyukoz-alanin sikli
yordamida qondagi glyukozaning
miqdori organizmda glyukoza
yetishmagan davrida, uning qondagi miqdorini boshqarishda
ahamiyatga ega. Glitserin triatsilglitserinlar parchalanishi natijasida hosil
bo‘ladi. Uglevod va lipid almashinuvi o‘rtasidagi bog‘lanish glitserin
311
orqali
amalga oshiriladi, chunki glitserin oksidlanganda pirouzum
kislotasi hosil bo‘ladi va undan glyukoza sintezlanadi.
Bu jarayonlarni boshqarishda glyukokortikosteroidlar muhim
ahamiyatga ega. Ularga kortizol, kortikosteron,
kortizon va boshqalar
kiradi. Ular glyukoneogenezning spetsifik fermentlarini
piruvatkarboksilaza, FEP-karboksikinaza, fruktoza-1,6-difosfataza,
glyukoza-6-fosfataza hosil bo‘lishini stimullaydilar. Periferik
to‘qimalarda glyukozaning sarflanishini pasaytiradilar. Gidrokortizon
glyukozaning hujayraga faol transportini ingibirlaydi.
Soglom odamlar jigarida kortizolning uglevod metabolizmiga ta’siri
natijasida
glikogen, qonda glyukoza miqdori ortadi. Uzoq vaqt
organizmga kortizolning kiritilishida oshqozon osti bezi
β
-hujayralari
degeneratsiyaga uchrashi sababli qandli diabet vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: