332
86-rasm.
Gipotalamo-gipofizar tizimi
Gipofiz gormonlari
Gipofizda oqsil va peptid tabiatiga ega bo‘lgan qator biologik faol
gormonlar sintezlanadi. Sintezlanish joyiga ko‘ra, gipofizning oldingi,
orqa va orta bolagining gormonlari tafovut qilinadi.
Adenogipofiz (gipofiz oldingi bo‘lagining) gormonlari
Adenogipofizda tropgormonlar hosil bo‘lib, qonga o‘tgandan so‘ng
tegishli periferik endokrin bezlardan zarur bo‘lgan
gormonlar hosil
bo‘lishini ta’minlaydi. Gormon esa a‘zo va to‘qimalarda yaxlit
organizmning tegishli kimyoviy va fiziologik javob reaksiyasini keltirib
333
chiqaradi. Oqsil va peptid tabiatli gormonlar uchun hujayralar sathida
maxsus retseptorlar (glikoprotein
va gangliozidlarning uglevod
parchalari) mavjud bo‘lib, gormonlar shu retseptorlar orqali maxsus
biokimyoviy o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Steroid gormonlarning
retseptorlari esa sitoplazma va yadroda joylashgandir.
Quyidagi jadvalda gipofizning oldingi bo‘lagi gormonlari,
ularning
molekulyar og‘irligi hamda gormonlar yetishmasligi va ortiqcha hosil
bo‘lishida rivojlanadigan asosiy sindromlar keltirilgan:
Dostları ilə paylaş: