374
dissotsiatsiyasi natijasida H
+
ioni ajralib, oqsil molekulasi kuchsiz
organik kislota xususiyatiga ega bo‘lib qoladi:
Oqsil molekulasidagi NH
2
uning ishqoriy xossasini ta’minlaydi,
chunki NH
2
o‘ziga H
+
ionini biriktirib R - NH
3
ga aylanadi.
Oqsil molekulasining bu shakli amfion deyiladi. Garchi ular
elektroneytral zarrachalar bo‘lsada muhitning pH ko‘rsatkichi
o‘zgarishiga ko‘ra yoki ishqoriy, yoki kislotalik xossaga ega bo‘ladi.
Gemoglobin bufer sistemasi –
qonning eng kuchli bufer sistemasidir.
U qonning umumiy bufer hajmining 70%ini tashkil etadi. Gemoglobin
bufer sistemasi ionlashmagan gemoglobin HHb (proton donori) va
gemoglobin kaliy tuzi – KHb (proton akseptori) dan tarkib topgan.
Kislotali xossaga ega bo‘lgan birikmalar gemoglobinning kaliy tuzi bilan
birikib kislotaning kaliy tuzini hosil qiladi va bunda erkin gemoglobin
hosil bo‘ladi. Gemoglobinning buferlik xususiyati avvalo ana shunga
asoslangan.
KHb + H
2
CO
3
→
KHCO
3
+ HHb
Dostları ilə paylaş: