Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Eritrotsit metabolizmi
Eritrotsitlar o‘rtacha 4 oy umr ko‘radi. Eritrotsitlarda yadro, ribosoma,
mitoxondriy bo‘lmaganligi uchun oqsillar sintezi, aerob oksidlanish
jarayonlari bo‘lmaydi. Ular retikulotsit bosqichida sintezlangan oqsillar
hisobiga faoliyat ko‘rsatadilar. Eritrotsitlar faoliyat ko‘rsatishi uchun qon
plazmasi bilan eritrotsitlardagi moddalar konsentratsiyasi farqining
saqlanishi, faol transportini amalga oshirilishi uchun membranalarga ATF
energiyasi zarur. Bundan tashqari, eritrotsitlar kislorod tashiganligi sababli
uni zaharli ta’siridan va boshqa eritrotsitga oksidlovchi sifatida ta’sir
qiluvchi moddalar ta’siridan saqlanishi uchun ATF energiyasidan tashqari
NADH
2
va NADFH

kofermentlari zarur. Eritrotsitlarning bu omillarga
bo‘lgan ehtiyoji eritrotsitlarda kechadigan anaerob glikoliz va
glyukozaning pentozofosfat yo‘li bilan parchalanish jarayonlari hisobiga
ta’minlanadi (100-rasm).
100-rasm.
Eritrotsitlarda modda almashinuvi.


369
Gemoglobinlar tarkibidagi temir Fe
+2
holatda bo‘ladi. Kislorod va
boshqa oksidlovchi ta’sirida gemoglobin tarkibidagi temir oksidlanib
Fe
+3
holatga o‘tishi mumkin. Bunday gemoglobin metgemoglobin
deyiladi. Metgemoglobin kislorod bilan birikmaydi. Qon tarkibida
metgemoglobinning ko‘proq to‘planishi, kislorodni to‘qimalarga
tashilishini izdan chiqaradi, bu o‘limga olib boradi. Organizmda har
kuni gemoglobinning 0,5%i metgemoglobinga aylanadi va buning
samarasida kislorodni faol shakllaridan biri superoksid ioni ham hosil
bo‘ladi. Metgemoglobinreduktaza metgemoglobinni qaytadan normal
gemoglobinga aylantiradi.
Superoksid — O
2
-
superoksiddismutaza ta’sirida ikkita vodorod
protonni biriktirib olib, vodorod peroksidga aylanadi:
O
2

+ 2H
+
→ 
H
2
O
2

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin