Biokimyo pmd


-jadval  Qon plazmasi tarkibidagi asosiy organik moddalar



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

28-jadval
 Qon plazmasi tarkibidagi asosiy organik moddalar:
Tarkibiy qism Miqdori Tarkibiy qism Miqdori
Suv, % 90-91 Glyukozamin, mmol/l
3,9-5,0
Quruq qoldiq,% 9-10 Pentozalar, mmol/l 0,13-0,26
Umumiy oqsil,% 7-8 Umumiy lipid, g/l 3,8-6,7
Fibrinogen,g/l 2-4 Xolesterin, mmol/l 3,9-6,5
Globulinlar,g/l 20-30 Fosfolipidlar, g/l 2,2-4,0
Albuminlar,g/l 40-50 Keton tanachalari, mmol/l 0,2-0,6
Qoldiq azotlar,mmol/l 14,3-21,4 Pirouzum kislota, mmol/l 0,07-0,14
Mochevena,mmol/l 3,3-6,6 Pirouzum kislota, mmol/l 4-26
Siydik kislota,mmol/l 0,24-0,29
Kreatinin,mmol/l 0,06-0,16
Kreatin,mmol/l 0,08-0,11
Indikan,mkmol/l 1 - 4
Glyukoza,mmol/l
3,6 -5,5
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, plazma tarkibida juda ko‘p organik
moddalar mavjud. Ularning ko‘p qismini oqsillar tashkil qiladi. Yuqorida
aytilganidek, qon plazmasining tarkibi metabolizmning o‘ziga xos bir
ko‘zgusi bo‘lib hisoblanadi. Chunki hujayralardagi metabolitlar
konsentratsiyasining o‘zgarib qolishi, bu o‘zgarishlar garchi ayrim
organlarda yuz bersa ham, shu metabolitlarning qondagi
konsentratsiyasiga ta’sir o‘tkazadi.
Qon plazmasi oqsillari
Qon plazmasi tarkibidagi 9-10% quruq moddaning 6,5-8,5% ini
oqsillar tashkil etadi. Neytral tuzlar usuli yordamida qon plazmasidagi
oqsillarni uch guruhga ajratish mumkin: albuminlar, globulinlar,
fibrinogen. Qon plazmasida albuminning normal miqdori 40-50 g/l,
globulinlar 20-30 g/l, fibrinogen 2-4 g/l.
Plazma oqsillari asosan jigar va retikuloendotolial sistema
hujayralarida sintezlanadi.


362
Qon plazmasi oqsillari xilma-xil va o‘ziga xos biologik vazifalarni
bajaradi:
1. Oqsillar qonda kolloid-osmotik (onkotik) bosimni va shu bilan
qon hajmi doimiyligini ta’minlaydi.
2. Plazma oqsillari qon ivishda faol ishtirok etadi.
3. Plazma oqsillari qonning qovushqoqligini ta’minlaydi, bu esa
gemodinamik ahamiyatga ega.
4. Plazma oqsillari boshqa bufer sistemalari qatori qonda pH
doimiyligini saqlashda ishtirok etadi.
5. Qonda xolesterin, bilirubin, yog‘ kislotalarini tashishda hamda
organizmga tushgan moddalarni tashishda muhim rol o’ynaydi.
6. Plazma oqsillari (immunoglobulinlar) immunitet jarayonlarida
muhim rol o‘ynaydi; turli kationlar plazma oqsillari bilan
dializlanmaydigan komplekslar hosil qilishi tufayli qonda turli kationlar
konsentratsiyasi ta’minlanadi.
7. Plazma oqsillari aminokislotalar rezervi vazifasini ham o‘taydi.
Sog‘lom odam qoni plazmasi tarkibida filtr qog‘ozini ho‘llab
elektroforez qilinsa, oqsillarning 5 ta fraksiyasi ajraladi: albuminlar ,
α
1
,
α
2
-, 
β−

γ
-globulinlar (95-rasm). Agar elektroforez kraxmal yoki
poliakrilamid gelda o‘tkazilsa, oqsilning 16-17 fraksiyasini ajratib olish
mumkin. Maxsus immunoelektroforez usuli yordamida qon plazmasi
tarkibidan 30 dan ortiq xil oqsillar fraksiyasini ajratiladi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin