357
Qo‘sh bog‘larning joylanishi va soniga
qarab guruhning ichida
prostaglandinlar bir necha turlarga bo‘linadi. Yuqorida
ta’kidlaganimizdek, prostaglandinlar keng ta’sir qilish spektoriga egadir:
– PGÅ
1
va PGÅ
2
lar qon tomirlarni kengaytiradi,
arterial qon bosimni
pasaytiradi, yurakning qonni haydab chiqarish qobiliyatini oshiradi;
– PGF
2
ayol organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan homiladorlikni
to‘xtatadi;
– PGÅ bronxlar va traxeyani muskullarini bo‘shashtiradi,
shunga
ko‘ra astmani davolashda yaxshi vosita hisoblanadi;
– prostaglandinlar sedativ va trankvilazator (tinchlantiruvchi)
ta’siriga egadir;
– ayrim prostaglandin va ularning unumlari qon tomirlarda tromb
hosil bo‘lishining kuchli ingibitoridir.
358
Eykozatriyenlar araxidonat
kislotasining lipooksigenaza
parchalanish yo‘lida, yana bir biologik faol moddalar – leykotriyenlar
hosil bo‘lishidagi oraliq mahsulotlardir.
Leykotriyenlarning esa asosiy biologik roli yallig‘lanish jarayonlari,
allergik
va immun reaktsiyalar, anafilaksiya va silliq muskullarning
faoliyati bilan bog‘liqdir. Xususan, leykotriyenlar nafas, me’da-ichak
yo‘llari silliq muskullari qisqarishini ta’minlaydi,
qon tomirlarni
toraytiruvchi samaraga ega bo‘lib, tomirlar tonusini idora etadi va
koronar arteriyalar qisqarishini stimullaydi.
Dostları ilə paylaş: