429
1940-yilda A. Kvik va A.Ya. Pitel klinik amaliyotga gippur probasini
(Kvik-Pitel probasini) kiritdilar. Me’yorda jigar hujayralari organizmga
qabul qilingan benzoat kislotani (yengil nonushtadan keyin bemor 3-4
g benzoat natriy qabul qiladi) glitsin
bilan biriktirish orqali
zararsizlantiriladi. Hosil bo‘lgan gippur kislota siydik bilan chiqariladi.
Kvik-Pitel probasi o‘tkazilganda me’yorda siydik bilan qabul qilingan
benzoat natriyni 65-85% chiqariladi. Jigar jarohatlanganda gippur
kislota hosil bo‘lishi
buziladi, shuning uchun siydikda uning miqdori
keskin pasayadi.
Dostları ilə paylaş: