444
Azotsiz moddalardan mushakda quyidagilar bo‘ladi:
glikogen,
glyukoza va geksozafosfat qoldiqlari, sut kislotasi,
piruvat va boshqa
karbon kislotalar. Mushak to‘qimasida neytral yog‘lar va xolesterin,
noorganik tuzlar va mikroelementlar ham uchraydi.
Mushaklardagi energetik almashinuvning o‘ziga xos tomonlari
Mushaklarning qisqarishi va bo‘shashishi
uchun energiya ATF
sifatida bo‘ladi. Zaxira energiya ko‘p bo‘lmagan miqdordagi ATF va
kreatinfosfat holatida bo‘ladi. Bu zaxira 10-12 soniyaga yetadi.
Mushak beto‘xtov ishlaganda 40-50 soniyadan keyin glikogenning
anaerob parchalanishi eng yuqori ko‘rsatkichda bo‘ladi, 60-70
soniyadan
keyin ishlayotgan mushakka O
2
transporti ortishi hisobiga aerob
jarayonlar ustun turadi. Mushak tolasini ko‘p miqdorda o‘ragan
mitoxondriyalarda aerob parchalanish natijasida ATF hosil bo‘ladi.
ATFning resintezi ADFning kreatinfosfat
bilan transfosforlanishi
hisobiga boradi. Ushbu reaksiyalarni kreatinkinaza fermenti katalizlaydi:
Dostları ilə paylaş: