458
To‘qimadan ajratilgan proteoglikanlar proteoglikan agregatlari
deb ataladi. Ularning asosiy qismini proteoglikan
subbirliklari tashkil
etadi. Gialuron kislota va bog‘lovchi oqsil umumiy massasining
1%ini tashkil etadi. Polipeptid zanjir proteoglikan subbirligining
o‘zani hisoblanadi. Proteoglikan agregatlari tuzilishi bo‘yicha butilka
yuvadigan shyotkaga o‘xshaydi.
Proteoglikan subbirliklari elektrostatik bog‘lanishlar hisobiga
kollagen bilan bog‘lanadi.
Proteoglikanlar funksiyasi
Turli proteoglikanlar polivalent anionlar bo‘lib, o‘ziga kationlarni
tortadi va bog‘lab oladi. K
+
va Na
+
ionlari
ham mustahkam
bog‘langanligi uchun ularning ion xususiyatlari namoyon bo‘lmaydi.
Barcha proteoglikanlar agregatsiyaga moyil, bu jarayon polivalent
katoinlar, masalan Ca
+2
ta’sirida kuchayadi. Uzun zanjirlar, ayniqsa,
gialuron kislota zanjirlari, betartib o‘ralib,
katta masofani egallaydi
va ular asosan suv bilan to‘ldirilgan. Bu joyga past molekulalar yoki
ionlar kirishi mumkin, lekin katta molekulalar (masalan, albumin)
kira olmaydi.
Gialuron kislota eritmalari yuqori yopishqoqlik xususiyatiga ega
bo‘lib, bo‘g‘imlarda surkovchi modda vazifasini bajaradi. Revmatik
kasallarda bo‘g‘im suyuqligi yopishqoqligining o‘zgarishi
proteoglikanlar strukturasida o‘zgarish natijasidir. Proteoglikanlar
tashqi bosim ta’sirida suvning harakatlanishiga qarshilik ko‘rsatadi
va to‘qimalarga
elastiklik, siqilishga nisbatan chidamlilik beradi.
Ular molekulyar elaklar sifatida funksiyalanadi, yirik ionlarni
harakatlanishini chegaralaydi, proteoglikan domenlari orasiga
albumin va immunoglobulin hajmiga ega bo‘lgan molekulalarning
kirishiga qarshilik ko‘rsatadi.
Gialuron kislota
morfogenezda ishtirok etib, embriogenezda
mezenximal hujayralarning agregatsiyasini boshqaradi. Yoshga
bog‘liq holda hujayralarda proteoglikanlar tarkibi o‘zgaradi.
To‘qimalarda keratansulfatlar konsentratsiyasi hayot davomida
ortadi, lekin tog‘ay va umurtqalararo disklarda xondroitin sulfat,
shuningdek terida gialuron kislota miqdori kamayadi. Turli yoshlarda
organizmga o‘sish
gormoni kiritilsa, proteoglikanlar sintezi va
ularning tarkibi yosh organizmnikidek bo‘ladi. O‘sish gormonining
459
ta’siri somatomedin orqali amalga oshiriladi va bunda tog‘ay
hujayralarining proliferatsiyasi tezlashadi va proteoglikanlarga
sulfatlarning kiritilishi stimullanadi. Testosteron ta’sirida qator
to‘qimalarda (yurak klapani, teri) gialuron kislota sintezi tezlashadi.
Revmatizm yoki artrit bilan jarohatlangan bo‘g‘im sinovial
suyuqligida gialuron kislotaning miqdori me’yoridan ko‘p, lekin
depolimer kiritilganda gialuron kislotaning repolimerlanishi
kuzatiladi va uning de novo sintezi keskin pasayadi.
Qandli diabetda
infeksiyalarga moyillik, yaralar bitishining pasayishi, tomirlar
degeneratsiyasining tezlashishi organizmning muko‘polisaxaridlarni
sintezlash qobiliyatining pasayishi bilan bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: