Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

13-rasm.
Dezoksiribonuklein(a) va ribonuklein kislotalarning birlamchi
strukturasi


69
DNKning ikkilamchi strukturasi
1953-yilda J. Uotson va F. Krik taklif etgan model, qator analitik
ma’lumotlar va rentgen strukturali tekshiruvlar asosida DNK
molekulasini 2 zanjirdan iborat ekanligi aniqlandi. Quyida shu
modelning asosiy xususiyatlari ta’riflab o‘tilgan (14-rasm).
1.DNK molekulasi antiparallel ravishda yo‘nalgan va boshidan
oxirigacha vodorod bog‘lari bilan bir-biriga bog‘langan ikkita
polinukleotid zanjirlaridan tuzilgandir (mononukleotidlarning har biri
vodorod bog‘lari hosil qilishda qatnashadi).
14-rasm.
DNK bo‘lganing strukturasi


70
2.Zanjirlar orasidagi vodorod bog‘lari bir zanjir adenin qoldig‘ining
ikkinchi zanjir timin qoldig‘i bilan (A…T jufti bilan) va bir zanjirning
guanin qoldig‘i bilan ikkinchi zanjirning sitozin qoldig‘i (G::: S jufti)
ning o‘ziga xos tarzda o‘zaro ta’sir qilishi hisobiga hosil bo‘ladi. Juftni
hosil qiluvchi asoslar shu ma’noda bir-biriga komplementar bo‘ladiki,
bularning o‘rtasida vodorod bog‘lari boshqa kombinatsiyalardagiga
qaraganda (masalan, A va G, A va S va hokazoga qaraganda) osonroq
vujudga keladi. Bu – asoslar juftlari orasida vodorod bog‘lari hosil
bo‘lishida ishtirok etuvchi guruhlarning joylashish geometriyasi bilan
umuman DNK molekulasi geometriyasiga bog‘liqdir (15-rasm).
3.DNK molekulasi bir zanjirining birlamchi strukturasi ikkinchi
zanjir birlamchi strukturasiga komplementardir. Ushbu jarayon quyidagi
sxemada berilgan:
(5
1

3
1
) A – T – T – S – T – S – G – T – S – G – G
: : : : : : : : : : :
(3
1

5
1
) T – A – A – G – A – G – S – A – G – S – S
4.Ikkala zanjir umumiy o‘qqa ega bo‘lgan spiral holida o‘ralgan
zanjirlarni yechib yozish yo‘li bilangina bir-biridan ajratish mumkin
(bunday spirallar plektonemik spirallar deb ataladi). Purin va pirimidin
asoslari spiral ichiga qaragan va ularning tekisliklari spiral o‘qiga tik
va bir-biriga paralleldir. Shunga ko‘ra asoslar dasta bo‘lib turadi. Shu
dastadagi asoslar o‘rtasida gidrofob o‘zaro ta’sirlar yuzaga chiqib, bular
qo‘shaloq spiralning turg‘un holatda bo‘lishiga zanjirlar orasidagi
vodorod bog‘lari asosiy hissani qo‘shadi. Riboza fosfat qismlari chetki
tomonlari joylashib, spiralning kovalent o‘zagini hosil qiladi (16-rasm).
15-rasm. 
DNK qo‘sh spiralining sxematik ko‘rinishi.


71
DNK strukturasi organizmlarning o‘z-o‘zini bunyodga keltirish,
o‘zgaruvchanlik singari asosiy biologik hodisalarning molekulyar
mexanizmini tushuntirib berishga imkon ochadi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin