65
DNK asosan hujayra yadrosida, xromatin tarkibida bo‘ladi.
Mitoxondriyalarda DNK oz miqdorda bo‘ladi. RNK hujayraning hamma
qismlarida bo‘ladi va u hujayra umumiy massasini 5-10%
ini tashkil
etadi.
Nuklein kislotalar nukleotidlarning polimerlaridir. Nukleotidlar uch
tarkibiy qismdan – pirimidin yoki purin asosi, pentoza va fosfat
kislotadan tuzilgan. Purin va pirimidin tuzilishining asosida 2 ta aromatik
geterotsiklik birikmalar – purin va pirimidin yotadi.
Purin molekulasi ikkita kondensirlangan halqa – pirimidin va
imidazoldan tarkib topgan.
Asosiy pirimidin asoslaridan tashqari
nuklein kislotalar tarkibida
minor pirimidin asoslar: metil- va oksimetilsitozin, digidrouronil,
psevdouridin, 1-metiluronil va boshqalar uchraydi. TRNK molekulasida
10% gacha minor asoslar uchraydi, ular fiziologik ahamiyatga ega
bo‘lib, RNK molekulasini – gidrolitik fermentlar ta’siridan
himoya
qiladi. Minor pirimidin asoslar struktur formulasi nukleozid shaklida
keltirilgan:
66
Asos bilan pentoza birikmasi nukleozid deb ataladi. Nukleotidlar
nukleozidmonofosfatlardir. Hujayralarda nukleoziddifosfat va
nukleozidtrifosfatlar ham bor.
Pentoza qoldig‘ining tabiatiga qarab nukleotidlar ikki turga
bo‘linadi. Ular – ribonukleotidlar va dezoksiribonukleotidlar. Dezoksi-
ribonukleotidlar organizmda DNK hosil qilish uchun foydalaniladi.
Ribonukleotidlar funksiyasi ancha xilma-xil.
Ularning asosiy qismi
RNK hosil bo‘lishiga sarflanadi. Bundan tashqari, ribonukleotidlar
ba’zi transferaza reaktsiyalarida (xususan, polisaxaridlar sintezida)
kofermentlar vazifasini bajaradi. Adenilribonukleotitlar NAD, NADF,
FAD, KoA kofermentlar tarkibiga kiradi. Organizmda energiya
o‘zgarishlarida ATF o‘ziga xos bir rolni o‘ynaydi. Hamma
nukleozidlarda, xuddi ATFdagidek yuksak energiyali bog‘lar
gidrolizga uchraganida anchagina miqdorda (50kJmol atrofida)
energiya ajralib chiqadigan bog‘lar bo‘ladi; bular fosfat qoldiqlari
orasidagi bog‘lardir.
Dostları ilə paylaş: