Modda almashinuvining o‘rganish yo‘llari Metabolik jarayonlarni o‘rganish yo‘llari asosan ikki guruhga
bo‘linadi: yaxlit organizm ustida olib boriladigan tekshirishlar va
organizmning ajratib olingan qismlarida o‘tkaziladigan
dezintegratsiyalovchi usullar.
Yaxlit organizmda moddalar almashinuvini o‘rganish .Bu jarayon
bir necha xil usullarda olib boriladi. XX asr boshlarida Knoop nishonli
molekula sifatida fenil radikalidan foydalanib organizmda yog‘
kislotalari b-oksidlanish yo‘li bilan parchalanishini aniqlangan. Modda
almashinuvini o‘rganishda turli xil og‘ir izotoplar yoki radiofaol
izotoplardan (deyteriy,
2
H,
15
N,
13
C,
18
O,
32
P,
33
P,
14
C,
35
S,
131
I,
59
Fe,
24
Na)
keng foydalanilanadi. Shuningdek, turli moddalar almashinuvi bilangina
aniqlash, nafas koeffitsiyentini aniqlash usullari yordamida ham modda
almashinuvining holatini aniqlash mumkin.
Dezintegratsiyalash Dezintegratsiyalash usullardan foydalanilganda organizmning ajratib
olingan qismlari – organlar, to‘qimalarning kesmalari, hujayra
organellalarini fraksiyalari hatto ayrim ferment va boshqa sistemalarni
ham tekshirish obyektlari bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bunda olingan
natijalar butun organizmda kechayotgan metabolik jarayonni ma’lum
bir bosqichi tariqasida qimmatlidir.
Organizmdan ajratib olingan organlarda turli biokimyoviy
ko‘rsatkichlarining arterio-venoz tafovutini o‘rganish yo‘li bilan ularda
kechadigan biologik jarayonlarni o‘rganish mumkin. Jumladan,
aminokislotalar parchalanishidan hosil bo‘lgan ammiakdan jigarda
siydikchil hosil bo‘lishi shu yo‘l bilan aniqlangan. Shu usul bilan
muskuldan oqib chiqayotgan qonda sut kislota ko‘pligi, jigardan oqib
chiqayotgan qonda sut kislota yo‘qligi aniqlangan.
168