Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

To‘qimalar kesmasini 
ozuqa moddalar mavjud maxsus eritmalarga
solib inkubatsiya qilinsa, eritma tarkibining o‘zgarishiga ko‘ra,
to‘qimada kechayotgan metabolik jarayon haqida fikr yuritish mumkin.
To‘qima gomogenati 
tarkibidan tabaqalashtirib sentrifugalash yo‘li
bilan turli organellalarni hamda turli subhujayra zarralarini ajratib olish
mumkin. Subhujayra elementlarini alohida-alohida o‘rganish yo‘li bilan
ularning qaysi jarayonlarda ishtirok etishi aniqlangan. Masalan:
ribosomal – oqsil sintezida; mitoxondriya fermentlari – to‘qima nafas
olishida ishtiroki aniqlangan.


170
VIII BOB
 BIOLOGIK MÅMBRANALAR
Biomembranalar vazifasi va tuzilishi
Barcha hujayralar va ularning organoidlari membrana bilan
o‘ralgandir. Ularning umumiy miqdori hujayra massasini 80% gacha
tashkil qilishi mumkin. Barcha membranalar polyardir, ya’ni tashqi va
ichki tomonlari tuzilishida farq bordir (44-rasm).
44-rasm.
 
Plazmatik membrana tuzilishi.
45-rasm. 
 
Membrana funktsiyalari.


171
Biomembranalar quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Hujayra va hujayra organoidlarini o‘rab turadi va ajratadi.
Jumladan, hujayrani tashqi gardish muhitidan plazmatik membrana
ajratadi va uning mexanik hamda kimyoviy ta’sirlardan himoya qiladi.
Shu bilan birga plazmatik membrana hujayra ichi va tashqi muhiti
o‘rtasida metabolitlar va anorganik ionlar konsentratsiyasining farqini
saqlaydi (45-rasm).
2. Hujayra ichiga metabolitlar va ionlar tashilishini boshqaradi va
gomeostazni saqlashda muhim vazifani bajaradi.
3. Hujayra tashqarisidagi signallarni qabul qilish va hujayra ichiga
uzatish.
4. Fermentativ kataliz. Jumladan, mitoxondrial membranalarda
joylashgan nafas zanjiri fermentlarining energiya almashinuvida,
endoplazmatik turdagi ferment tizimlar ksenobiotiklarni
detoksikatsiyasida, yog‘lar biosintezida qatnashadi.
5. Hujayralararo matriks va boshqa hujayralar bilan bog‘lanish va
ta’sirlanish, hujayralarning qo‘shilishida va to‘qimalar hosil qilishida
ishtirok etadi.
6. Hujayra va organellalar shaklini va harakatini ta’minlash,
sitoskeletni hosil qilish.
Biomembranalar yog‘lar, oqsillar va karbon suvlardan tashkil
topgan. Membrana komponentlari nokovalent bog‘lar bilan bog‘langan,
bu esa ularning nisbiy harakatchanligini belgilaydi. Membrananing
suyuq holati ulardagi to‘yinmagan yog‘ kislotalariga bog‘liqdir.
Membrana oqsilalari ham harakatchandir. Agar ular membrana ichiga
chuqur kirmagan bo‘lsa, lipid qavatida suzib yurishadi. Shuning uchun
biomembranalar suyuq-mozaik shaklga egadir (46-rasm).
Yog‘lar, oqsillar va karbon suvlar nisbati biomembranalar turiga
bog‘liq.
Masalan: miyelinning ¾ qismi yog‘lardir, mitoxondriyalarning ichki
membranasida esa oqsillar ko‘p, plazmatik membranalar tashqi qavatida
esa karbon suvlar mavjud. Membranalarda lipidlar tarkibi ularning
hujayra va to‘qima spetsifikligi bilan bog‘liq. Ularning asosini
fosfolipidlar (fosfatidilholin, fosfatidiletanolamin, fosfatidilserin,
kardiolipin, sfingomiyelin) hosil qiladi, so‘ng glikolipidlar va xolesterin
tashkil qiladi. Membrana minor komponentlariga mitoxondrial
membranalardagi ubixinon, tokoferollar kiradi.


172

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin