Savol va topshiriqlar: 1.
«Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» shiorini izohlang.
2. Prezidentning 2016-yil 28-dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-
tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida nimalar nazarda tutilgan?
3. Xalq qabulxonalarining vazifalari nimalardan iborat?
4. «
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» nechta qismdan iborat?
Ularni sanab bering.
5. Qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib, Harakatlar strategiyasini amalga
oshirish bo‘yicha Milliy komissiya tarkibini aniqlang.
III BOB. O‘ZBEKISTONDA IQTISODIY ISLOHOTLAR VA IJTIMOIY SIYOSAT 5-mavzu. O‘zbek modelining ishlab chiqilishi. Iqtisodiy islohotlarning boshlanishi O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li, taraqqiyotning «O‘zbek modeli». O‘zbekiston mustaqillikka erishgan
vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol o‘ta murakkab edi.
Mustaqilligini qo‘lga
kiritgan O‘zbekiston sovet tuzumi davridagi iqtisodiyot asosini tashkil etgan
rejalashtiruvchi siyosatdan voz kechdi va bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanladi.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul
bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir xil andoza bo‘lishi mumkin emas.
Har bir
davlat o‘zining tarixiy-taraqqiyot an’analari, milliy o‘ziga xos xususiyatlarini
hisobga olgan holda o‘z yo‘li, o‘z modelini ishlab chiqishi lozim. O‘zbe-
kiston ham ana shu umumiy dastur va umumiy qonuniyat mezonlari asosida
bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishga imkoniyat beradigan o‘z yo‘lini
tanlab oldi.
Atamalar izohi !
Konsepsiya – biror sohani rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli
loyiha yoki qarashlar majmui.