34
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining tahlili,
bugungi kunda jahon bozori talabi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida
raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada jadal sur’atlar bilan
rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuvni ishlab chiqishni taqozo
etdi. Mamlaktning 2016-yilda saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar
samarasini yanada oshirish,
davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-
sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning
barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni
amalga
oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fev-
raldagi farmoni bilan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj-
lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
tasdiqlandi.
Strategiya dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan
masalalarni kompleks o‘rganish,
qonunchilik, huquqni muhofaza qilish
amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan.
Harakatlar strategiyasi 5 bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri
bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda
alohida bir yillik davlat
dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Prezident rahbarlik
qiladigan 14 kishilik Milliy komissiya tuzilib, u mazkur hujjatda belgilangan
vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini nazorat qiladigan bo‘ldi.
Yodda tuting
!
– Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomil-
lashtirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi keltirilgan:
I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish (Moviy havorang –
osmon va toza suv ramzi, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi);
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish
(Siyohrang – qonun ustuvorligi va or-nomuslilik ramzi);
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish (Tillarang – iqtisodiyotni
rivojlantirish elementlari hisoblangan kuch-qudrat va boylik ramzi);
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish (Qizil rang – hayot va aholining munosib
turmush tarzini ta’minlash ramzi);
V. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik
va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli
va amaliy tashqi siyosat (Oq rang – tinchliksevarlik siyosati elementlari
hisoblangan tinchlik va sofl ik ramzi).