57
nogironlarni bepul davolovchi «Nuroniylar xonalari» faoliyat ko‘rsatmoqda.
Respublikamizdagi barcha «Saxovat» va «Muruvvat», «Mehribonlik» uylari
hamda maxsus maktab-internatlarga homiylar tomonidan har yili moddiy
yordam berib boriladi.
2015-yilda ham Keksalarning
hayot darajasi va sifatini
yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini
kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941–1945-yillardagi urush
va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti
va tibbiy xizmat
ko‘rsatishni takomillashtirish maqsadida, 2015-yil «Keksalarni e’zozlash
yili» deb e’lon qilindi.
Har yili urush qatnashchilari va front ortida mehnat
qilganlarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda, ular sanatoriy kurortlarda
davolanmoqda, boshqa zarur vositalar bilan ta’minlanmoqda.
Mamlakatimizda 2007-yilning «Ijtimoiy himoya yili» deb e’lon
qilinishi
aholini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, uning turmush va farovonlik
darajasini izchil oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli davlat siyosatining
amaliy ifodasi bo‘ldi. Shu ma’noda, 2007-yil ehtiyojmand oilalarga davlat
tomonidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini
amalga oshirishda
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari rioya etishi lozim bo‘lgan asosiy
tamoyillar yanada takomillashtirildi.
Dostları ilə paylaş: