XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 313 -
sariyog', pishloq va quritilgan sut kabi mahsulotlar sifatida eksport qilinadi. Go'sht
va buzoqlar, parranda va tuxumlar katta omborlarda saqlanadigan va asosan, import
qilinadigan yem-xashak bilan oziqlanadigan intensiv fermerlik xo'jaliklarida
yetishtiriladi.
Aholi iste'moli uchun ham donlarning katta qismi import qilinadi. Shisha
ostidagi issiqxonalar mavjudligi bog'dorchilikni yanada takomillashubiga olib keldi.
Issiqxona pomidorlari, bodringlari, qo'ng'iroq qalampirlari,
kesilgan gullar va
o'simliklarning eksporti sezilarli darajada oshdi. Niderlandiyada shisha ostida jami
Yevropa bog'dorchilik maydonining katta qismini tashkilqiluvchi markzaga aylandi.
Ochiq bog'dorchilik, shuningdek, meva-sabzavot va
gullar yetishtirish jahonga
mashhur kompaniyalar tomonidan boshqariladi. Yerlarning faqat o'ndan bir qismi
o'rmon bilan qoplangan
.
Gollandiya baliq ovlash sanoati katta hajmli bo'lmasa ham,
milliy ist‘emolda muhim ahamiyatga ega. XXI asrning
boshlarida Gollandiyada
iste'mol qilinadigan baliqlarning to'rtdan uch qismi xususiylashtirilgan milliy
kompaniyalar hissasiga to‘gri keladi.Natijada, mamlakat ko'proq import qilinadigan
baliqlarni eksport qilishga ixtisoslashdi
182
.
Niderlandiyadagi qishloq xo'jaligi mahsuloti YaIM tarkibida 2017
yilning
to'rtinchi choragida 3,259 mlrd. yevroni tashkil qildi. 2016 yilning to'rtinchi
choragida esa, bu ko‘rsatkich 3,448 mlrd. yevroga yetdi. Niderlandiyadagi qishloq
xo'jaligi hajmi YaIM tarkibida 1995 yildan 2017 yil vaqt oralig‘ida o'rtacha 2,52
mlrd. yevroni tashkil etib, 2017 yilning to'rtinchi choragida 3,44 mlrd.
yevrodan
yuqori bo'lgan. 2001 yilning ikkinchi choragida esa, bu ko‘rsatkich 1,89 mlrd.
yevroga yetgan.
Dostları ilə paylaş: