XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 350 - Maslahatlashuvlarda ishtirok etish uchun mamlakatimizga Belgiya Qirolligi Tashqi
ishlar vazirligining ikki tomonlama munosabatlar bo‗yicha Bosh direktori Geert
Muylle boshchiligidagi delegatsiya keldi. Muzokaralar chog‗ida siyosiy, savdo-
iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama
munosabatlarning
muhim
jihatlari muhokama qilindi.Ta‘kidlanganidek, turli
darajalardagi O‗zbekiston-Belgiya muntazam muloqoti nafaqat tomonlarni
qiziqtirgan sohalardagi aloqalar holatini aniqlash, balki xalqaro tashkilotlar
doirasidagi va boshqa jabhalardagi hamkorlikning ustuvor yo‗nalishlarini belgilash
va rivojlantirish imkonini yaratadi
209
.
2018-yilning 16-fevral kuni O‗zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
Abdulaziz Kamilov Belgiya Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi
Moskva shahrida) etib tayinlangan Jan-Artur Rejiboni qabul qildi. Suhbat davomida
O‗zbekiston-Belgiya munobatlarini ikki va ko‗p tomonlama shakllarda, jumladan
O‗zbekiston-Yevropa Ittifoqi, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida
rivojlanishning holati va istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda davlatlararo
aloqalarni chuqurlashtirish, jumladan milliy parlamentlar va tashqi siyosat idoralari
darajasida munosabatlarni mustahkamlash, O‗zbekiston va Belgiyaning ishbilarmon
doiralari o‗rtasidagi aloqalarni kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni
rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. Dolzarb xalqaro muammolarni muhokama
qilish chog‗ida mintaqaviy xavfsizlik masalalari, xususan 2018-yilning 26-27-mart
kunlari Toshkent shahrida o‗tkazish rejalashtirilayotgan Afg‗oniston bo‗yicha
xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik jarayoniga alohida e‘tibor qaratildi
210
.
2018-yil 5-8 iyun kunlari Bryusselda O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi
o'rtasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar bo'yicha O'zbekiston
Respublikasi Tashqi savdo vaziri boshchiligidagi O'zbekiston Respublikasi
delegatsiyasi Belgiya va Gollandiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan bir qator
uchrashuvlar o'tkazdi. Fresh Produce Centre uyushmasi Gollandiya va xorij
mamlakatlar
bozorlarida
gollandiyalik
meva
va
sabzavotlarni
ishlab
209 https://mfa.uz/uz/press/news/2016/05/7355/ 210 http://www.uzembassy.k z/uz/article/belgiya-elchisi-bilan-uchrashuv