Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


 O’zbekiston Respublikasi bilan aloqalari



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə398/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

4.1.15. O’zbekiston Respublikasi bilan aloqalari
O‘zbekiston Respublikasi bilan Polsha o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 
19-mart kuni 
 
o`rnatilgan.Ikki xalq o‘rtasidagi aloqalar ko‘p yillik tarixga ega. 
Xususan, 1863—1864 yillarda chor Rossiyasiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan 
275
 https://translate.google.com/#en/uz/hotel%20gr%c3%b3dek.%20krakow.%20%231%20in%20best%20hotels%


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 445 - 
polyaklar O‘rta Osiyoga surgun qilingan edi. Ular Toshkent, Samarqand, Buxoro, 
Termiz, Qo‘qon shaharlarda yashab, mehnat qildilar. 1895 yilda Toshkentda polyak 
bolalari uchun maktab va kutubxona ochildi, yana 2 yildan keyin polyaklar 
jamoatchilik madaniyat markazi tashkil topdi, polyaklar kosteli faoliyat boshladi. 
Mamlakatimiz bilan Polsha o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar esa, O‘zbekiston 
mustaqillikka erishishi bnoq yo‘lga qo‘yildi. 1992 yil 19 martda Varshavada ikki 
mamlakat o‘rta-sida "Iqtisodiy hamkorlik va savdosotiq to‘g‘risida" shartnoma 
tuzildi.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1995 va 2003 yilda Polshaga va 
Polsha. prezidenti A. Kvasnevskining 2002 yil O‘zbekistonga tashriflari o‘zaro 
munosabatlarni yangi pog‘onaga ko‘tardi, turli sohalarda yangi shartnomalar 
imzolandi. O‘zbek-polyak hukumatlararo komissiyasi ishlay boshladi. 2001 yil iyun 
oyida Poznan savdo yarmarkasida O‘zbekistondan nufuzli delegatsiya ishtirok etishi 
va unda mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati taqsimoti o‘tkazilishi o‘zaro 
munosabatlar rivojida muhim bosqich bo‘ldi. I. Karimovning 2003 yil 10—12 iyul 
kunlari Polshaga qilgan rasmiy tashrifi ayniqsa samarali bo‘ldi. Tashrif yakunida 
ikkita kredit bitimi, bojxona ishida hamkorlik va o‘zaro yordam, xalqaro avtomobil 
qatnovi to‘g‘risida bitimlar imzolandi. O‘zbekiston mudofaa vazirligi bilan Polsha 
milliy 
mudofaa 
vazirligi 
o‘rtasida 
harbiy-texnikaviy 
hamkorlik 
to‘grisida 
deklaratsiya, Jahonn iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Polsha xalkaro 
munosabatlar instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi, "O‘zbekturizm" milliy 
kompaniyasi bilan Polsha sayyohlik kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik haqida bitim,
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Polshaning "Bank gosudarstva 
krayevego" o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. 
Tashrif davomida o‘zaro tovar aylanmasini yanada oshirish kerakligi 
ta‘kidlandi. Jumladan, 2001 yil bu ko‘rsatkich 31,4 mln. AQSH dollarini tashkil 
etdi. O‘zbekiston ip gazlama, kalava ip, paxta tolasi, ro‘zg‘or paxtasi, noorganik 
kimyo mahsulotlari, qayta ishlangan sabzavot, meva mahsulotlari, moyli urug‘lar 
eksport qiladi. Polsha tomoni esa qand-shakar, mexanika asbob-uskunalari, elektr 
anjomlari, plastmassa buyumlar, sariyog‘ va o‘simlik yog‘i, qora metallar, 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin