XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 550 -
4.6.9. Soliq tizimi
Slovakiya o'z daromadlarining asosiy qismini korporativ
va shaxsiy daromad
solig'i hamda qo'shilgan qiymat solig'idan (QQS) oladi. 2005 yilda korporatsiyalar,
QQS va jismoniy shaxslar uchun soliq stavkasi joriy etilganda
soliq tizimi ancha
soddalashtirildi. Slovakiyada Korxona solig'i stavkasi 21 foizni tashkil qiladi.
Slovakiyada ushbu solig'i stavkasi 1993 yildan 2018 yil oralig‘ida o'rtacha 26,73
foizni tashkil etib, 1993 yilda 45 foizdan yuqori bo'lgan. 2004
yilda rekord
darajadagi 19 foizni tashkil etgan edi. Xususiy daromad solig'i stavkasi esa 25
foizni
tashkil qiladi. 1995 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda o'rtacha 28,79 foizni tashkil
etdi. Bu esa 1996 yilda 42 foizni tashkil etgan bo‘lib 2004 yilda past rekord darajada
bo'lib 19 foizni tashkil etgan. Slovakiyada tijorat soliq stavkasi 20 foizni tashkil
etadi. Bu soliq 2000 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda o'rtacha 20.11 foizni
tashkil etib 2001 yilda esa bu ko'rsatkich 23 foizdan yuqori bo'ldi. Ayniqsa, 2004
yilda rekord darajadagi past ko'rsatkich 19 foizni tashkil etgan edi.
Dostları ilə paylaş: