XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 607 - to'rtdan besh qismini ishlab chiqarsada, oz qismini import qilishga majbur
bo‘lmoqda. Hozirgi zamonaviy texnologiyalardan oqilona foydalanish hisobiga
agrar sohadagi yutuqlar juda katta. Bug'doy, makkajo'xori, arpa, kartoshka, olma,
uzumchilik hududning eng asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlari hisoblanmoqda.
Sloveniya hududi katta o'rmon bilan qoplangan bo‘lib, yerlarining beshdan uch
qismi daraxtzorlardir. Biroq, o'rmonlarning aksariyati zavod va avtomobillar
chiqindilaridan zararlangan bo‘lib yog'och sifatini pasaytirgan. Shu uchun yog'och
import qilinib sanoat ishlab chiqarish juda katta muammolarda duch kelmoqda.
Sloveniya qishloq xo'jaligi YaIM tarkibida 2017 yilning to'rtinchi choragida
173,30 mln. yevroga o‘sdi. Uchinchi choragida esa, 166,70 mln. yevroni tashkil
etgan edi. Yalpi ichki mahsulotdan Sloveniya qishloq xo'jaligidan 1995 yildan 2017
yil oralig‘ida o'rtacha mos ravishda 163,37 mln. yevrodan, 204,80 mln. yevroni
tashkil etgan. 2002 yilning ikkinchi choragida va 2003 yilning birinchi choragida
eng past natija, ya‘ni 116.60 mln. yevroni atrofida tashkil etgan.
4.9.4. Tabiiy resurslar va Energetika Qurilish sohasida ishlatiladigan aksariayt mahsulotlar mamlakat hududida
ishlab chiqariladi. Hozirda atrof-muhit himoyasi bilan bog‘liq dasturiy cheklovlar
qo'llanilgani sababli Sloveniyada ma'dan konida muhim o‘zgarishlar paydo
bo‘lmoqda. Ushbu jarayonda uran, qo'rg'oshin, rux va qo‘ng‘ir ko'mir konlarini o'z
ichiga olgan bir qancha sloven konlari yopilgan bo‘lib, Velenje linyit koni hali ham
eng asosiy tog‘-kon metallurgiya sohasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Sloveniya ko'mir zaxiralari kamayib bormoqda. Tabiiy gaz esa Rossiyadan
quvur yo'li orqali import qilinib yonilg‘i energetikasi sohasidagi juda katta
ahamiyatga ega. Qayta tiklanadigan yoqilg'i bilan ishlaydigan termoelektrikli
dvigatellar Sloveniya energetikasisning taxminan beshdan ikki qismini tashkil etadi.
Drava, Socha va Sava daryolaridagi bir qator gidroelektrostantsiyalar mamlakatning
umumiy quvvatining to'rtdan bir qismini ishlab chiqaradi..
Elektr energiyasini ishlab chiqarish asosan atom energiyasi, gidroenergetika
(36,5%) va ko'mir (21,6%) dan iborat. Boshqa manbalarga quyosh PV, bioyoqilg'i