Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə605/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   601   602   603   604   605   606   607   608   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

Nufuzli banklari 

Sberbank 


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 675 - 

VTB 

Gazprombank 

VTB24 

Bank Otkritie Financial Corporation 

Bank of Moscow
428
5.1.7. Tashqi savdo munosabatlari 
Rossiya savdo balansi 2017 yil hisobi bo‘yicha 15,8 mlrd. AQSh dollariga 
oshdi. Rossiya Markaziy banki hisobotida keltirilishicha Rossiyaning Savdo balansi
1997 yildan 2015 yilgacha o'rtacha 8338,23 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2016 
yil dekabrida esa 20647 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 1998 yil fevraliga kelib 
185 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan.
2017 yilda Rossiyaning asosiy eksporti neft va tabiiy gaz (umumiy eksport 
hajmining 68,4%), rudalar va metallar (5,9%), kimyo mahsulotlari (5,8%), mashina 
va transport vositalari (6,4%) va oziq-ovqat (4,7%) hisoblanadi. Boshqalar 
quyidagilarni o'z ichiga oladi: qishloq xo'jalik xom ashyolari (2,2%) va 
to'qimachilik (0,2%)ni tashkil etdi. 
Rossiya jahon tovar bozoridagi narxlarning ko'tarilishiga katta darajada 
bog'liq. Chunki, mamlakat tovar eksportiga qaram bo'lib, jahon bozoridagi 
o'zgaruvchan tendewnsiyalar milliy iqtisodiyotga keskin zarba beradi.
2017 yil hisobi bo‘yicha Rossiya eksporti $529 mlrd. AQSh dollarini tashkil 
etgan. Shuningdek, eksport yillik 31,3 foizga o'sib, 2018 yil yanvar oyida $ 25,43 
mlrd. AQSh dollaridan $33,40 mlrd. AQSh dollariga o‘sdi. Xorijiy mamlakatlarga 
eksport hajmi 32,1% ga oshdi va 29,47 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. MDH 
mamlakatlariga esa 26,2% o'sib, 3,93 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. 1994-
yildan 2018-yilgacha Rossiyada eksport 21,40 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. 
Bu ko'rsatkich 2011 yilning dekabrida 50,24 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan 
bo‘lib 1994 yil yanvar oyida 4,100 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan. 
428
 https://www.investopedia.com/articles/investing/082015/6 -biggest-russian-banks.asp 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   601   602   603   604   605   606   607   608   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin