Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə615/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   611   612   613   614   615   616   617   618   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

- 686 - 
ega. Oltin O‘rda davlati sohibqiron Amir Temur zarbalari ostida barham topganidan 
keyin Rus davlati bilan O‘rta Osiyo o‘rtasida elchilik munosabatlari o‘rnatishga 
harakat boshlandi. Rus davlati ham Buxoro va Xiva xonliklari bilan aloqalardan 
manfaatdor edi. 16-asrning 2-yarmi, 17-18 asrlarda ikki o‘rtada diplomatok va 
savdosotiq aloqalari faollashgan. Rossiya yilnomalarida ko‘rsatilishicha, Buxoro 
amirligi, Xiva, Qo‘qon xonliklaridan elchilar savdosotiqni ko‘paytirish taklifi bilan 
Peterburgga borgan. 19-asrning 60-yillaridan O‘rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib 
olingach, bu yerlar Rossiyaning xom ashyo manbai bo‘lib qoldi. O‘rta Osiyodan 
paxta, ipak va boshqa yuborish va bu yerga sanoat mollari keltirish yo‘lga qo‘yiddi. 
1917 yil oktabr to‘ntarishidan keyin O‘zbekiston - Rossiya aloqalari sobiq Sovet 
hukumati siyosati doirasida yagona iqtisodiyot rejasiga binoan, ishlab chiqarishni 
ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash yo‘lida amalga oshiriddi. 
1992 yil 20 mart kuni ikki davlat o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 
o‘rnatilgan. O‘tgan yillar mobaynida strategik sheriklik va ittifoqchilik tamoyillariga 
asoslangan O‘zbekiston - Rossiya do‘stona hamkorligining shakllanishi va 
rivojlanishi katta yo‘lni bosib o‘tdi. Har ikki davlat BMT, ShHT, MDH va boshqa 
tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlikni kengaytirmoqda. O‘zbekiston biz uchun 
mintaqadagi eng ustuvor sheriklardan biri va bizning munosabatlarimiz alohidadir, - 
deya bayonot bergan edi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘zining 2012 yil 4 iyun 
kuni Toshkentga buyurgan tashrifi chog‘ida. - Biz mamlakatning qanday 
imkoniyatlarga ega ekanligini juda yaxshi bilamiz va munosabatlarimizni uning 
salohiyatiga hamda xalqlarimiz o‘rtasidagi tarixiy aloqalarning chuqur ildizlariga 
muvofiq ravishda quramiz. 
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo 
komissiyaning faoliyati ikki tomonlama amaliy aloqalar taraqqiyotida muhim o‘rin 
tutadi. Shuning munosabati bilan mazkur komissiyaning 2012 yil 13 dekabr kuni 
Toshkentda bo‘lib o‘tgan 14 - majlisi yakunlarini alohida ta'kidlab o‘tish joizdir. 
Chunki, mazkur majlis natijalari tomonlarning iqtisodiy aloqalarni har tomonlama 
rivojlantirishga, savdo-iqtisodiyot, yoqilg‘i energetika, transport-kommunikatsiya, 
ilmiy-texnika sohalaridagi istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab olishga bo‘lgan o‘zaro 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   611   612   613   614   615   616   617   618   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin