XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 790 - Banki ushbu harakatni maktablarni qayta qurish va rekonstruksiya qilish bo'yicha
texnik yo'riqnomalar ishlab chiqish hamda davlat amaldorlari, muhandislar va
xususiy pudratchilarga ta'lim berish orqali qo'llab-quvvatladi. Hukumat ushbu yangi
yo'riqnomalardan foydalanib, Armaniston me‘yoriy hujjatlarini yangilashga qaror
qildi
514
.
2015 va 2016 yillarda yuqori darajadagi byudjet defitsiti 4,5 va 6,0 foizni
tashkil
etgan
holda,
tegishli
organlar
2017
yil
byudjeti
hisobidan
konsolidatsiyalashni faqat 2,7 foiz darajadagi defitsitga qaratdi. Moliyaviy holat
2017 yilning birinchi yarmida barqarorlashdi va byudjet tanqisligini kamroq
bashorat darajasida ushlab turishga yordam berdi.
2017 yilgi va o'rta muddatli istiqbolda o'sish va kambag'allik darajasini
qisqartirish istiqbollari ijobiy. Ammo, sezilarli noaniqliklarga olib kelishi mumkin
chunki, tashqi va ichki siyosiy jihatdan sezilarli darajada o‘zgarishlar. 2018 yil aprel
oyida bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlari (yangi hukumatning shakllanishi),
Rossiyaga nisbatan yangi G'arb sanktsiyalari va Eron bilan hali aniq bo'lmagan holat
2017 yilda umumiy hisobda 4,5 foizga o'sishi kutilyapti.
Armanistonning 2014-2025 yillarga mo'ljallangan rivojlanish strategiyasi
raqobatbardoshlik
va
innovatsiyalarni
mamlakatning
ta‘limga asoslangan
iqtisodiyotga aylantirishning muhim bosqichi sifatida ko'rinmoqda. E-Jamiyat va
Rivojlanish uchun Innovatsiyalar (EIC) loyihasi Armaniston aholisining Internetga
kirib borishi va kompyuterlarga kirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda
chuqurlashtirishga,
shuningdek,
korxona
innovatsiyalarini
rivojlantirishga,
mamlakatda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga yordam berishi
imkoniyatlarini nazarda tutadi. 2010 yilda Armaniston aholisining atigi 15 foizi
internetga ega edi. 2015 yilga kelib, loyihani amalga oshirish yakuniga yetgach, bu
ko'rsatkich 58,2% ga yetdi va o'sishda barqaror davom etmoqda. Keyingi loyiha
natijalari quyidagilardan iborat:
514 http://www.worldbank.org/en/country/armenia/overview#2