Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə752/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   748   749   750   751   752   753   754   755   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 839 - 
sifat darajasi bo‘yicha yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘zbekistondagi Latviya 
Respublikasi favqulotda va muhtor elchisi – Edgars Bondars va Latviyadagi 
O‘zbekiston Respublikasining favqulotda va muhtor elchsi – Afzal Ortikov. 
1998 yildan Latviya-o‘zbek hukumatlararo komissiyasi ish boshlagan. 
Komissiya vazifalariga mutaxassislar darajasida ikki ikki tomonlama aloqalarning 
muhim masalalarini ko‘rib chiqish va taklif berish kiradi. 2013 yilning 18-19 
sentyabr kunlari Toshkent shahrida Komissiyaning navbatdagi 4-yig‘ilishi bo‘lib 
o‘tdi. Unda transport, ta‘lim, turizm, qishloq xo‘jaligi va boshqa masalalarga 
tegishli savollar muhokama qilindi. Ikkii mamlakat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikka 
tegishli masalalarni ko‘rib chiquvchi yaxshi huquqiy asoso yaratilgan.Latviyaning 
oily o‘quv yurtlari o‘zbek talabalari uchun Evropa Ittifoqi darajasida ta‘lim olishni 
taklif qiladi. Latviyada ta‘lim olayotgan chet el talabalarining soni jihatidan 
O‘zbekiston 3 o‘rinda turadi. 2013 yilda O‘zbekistondan borib tahsil olayotgan 
talabalar soni 366 kishiga etdi. Oliy o‘quv yurtlari ko‘plab mutaxassisliklar bo‘yicha 
ta‘lim olishni taklif qiladi. Bank va moliya ishi, texnik ta‘lim, tibbiyot, aviatsiya va 
boshqalar shular jumlasidandir
547
.
2014 yil shu yilning 27-29 may kunlari Latviya Respublikasi Prezidenti 
Andris Berzinsh boshchiligidagi katta delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurdi. 
Uning doirasida ikki davlat rahbarlarining yuqori darajadagi uchrashuvi, O'zbek-
Latviya biznes-forumi, ikki davlat ishbilarmonlari uchun koperatsion birja tashkil 
etildi. Latviya Iqtisodiyot vaziri Vyacheslavs Dovrovskis - Munosabatlarimiz 
doimiy xarakter kasb etishida Latviya Savdo sanoat palatasi vakolatxonasining 
Toshkentda ochilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni ta'kidlashim kerakki, 
Latviya 
iqtisodiyotida 
bugun 
xususiy 
tadbirkorlar 
katta 
ulushga 
ega. 
Mamlakatda ularning erkin faoliyat yuritishi uchun keng sharoitlar yaratilgan. 
Erkinlik bilan birga, ularning majburiyatlari ham aniq belgilab berilgan. Hukumat 
ular tomonidan ilgari suriladigan tashabbuslar, ya'ni chet ellik hamkorlar bilan 
aloqalarini 
kengaytirish 
va 
biznes 
g'oyalarni 
amalga 
oshirish tashabbuslariga suyanadi. G'oyalar muzokaralar asosida biznes rejalar 
547
 http://www.mfa.gov.lv/uz/uzbek istan/latviya-o-zbekiston-aloqalari 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   748   749   750   751   752   753   754   755   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin