XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 893 -
Moliya
Avstraliyaning
Markaziy
banki
va
Zahira
banki
mamlakat
valyuta
munosabatlarini tashkil etadigan hamda tartibga soladigan muassasa hisoblanadi.
Uning qonuniy vazifalari iqtisodiyotni bank tizimi orqali pul-kredit siyosatini
qo'llashni, ya'ni mamlakat valyutasining barqarorligini ta'minlashga, to'liq ish bilan
ta'minlanishga, shuningdek, Avstraliya xalqining farovonligini oshirish qaratilgan.
Mamlakat umumiy bank tizimi iqtisodiyotda inflyatsiya
bosimini pasaytirish, pul-
kredit cheklovlarini yengib o'tishi kutilmoqda.
Avstraliyaning to'rt yirik banki 2016 yil aprel oyi holatiga ko'ra "Dunyodagi
eng xavfsiz banklar" qatoriga kiritilgan. Avstraliyaning ushbu banklari "Katta
To'rtlik" deb nomlanadi.1991 yildan 2013 yilgacha avstraliyalik firmalar ishtirokida
umumiy qiymati 2,040 milliard AQSh dollariga teng 36,720 kontrakt va xaridlar
e'lon qilindi. 2016 yilda 107 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan 1515 ta bitim
e'lon qilindi, bu 2012 yilga nisbatan raqamlar (-18%) va qiymat esa (-11%)
darajasida pasayish bo'ldi. Avstraliyalik kompaniyalar
ishtirokidagi eng katta
xaridlar yoki derivativlar 2007 yil Wesfarmers tomonidan Coles Group
kompaniyasini sotib olgan.
Bank tizimi
XXI asrning boshlarida mamlakatda 50 ga yaqin bank faoliyat ko'rsatgan
bo'lsada, jami bank aktivlarining yarmidan ko'pi to'rtta yetakchi muassasalar -
Avstraliya va Yangi Zelandiya Bank Guruhi,
Avstraliya Hamkorlik Banki, Milliy
Avstraliya Banki va Westpac bank korporatsiyasi hissasiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, ko'plab kredit uyushmalari, kredit kooperativlari va qisman banklar
turli moliya kompaniyalari va
invetitsion korporatsiyalari, ayrim xorijiy banklar
faoliyat yuritadigan qurilish jamiyatlari mavjud.. Qimmatli qog'ozlar hozirgi kunda
butun bir elektron tizim orqali oltita davlat birjalarini birlashtirish uchun tashkil
qilingan Avstraliya fond birjasi Limited (ASX) tomonidan savdoga qo'yilmoqda.
Dostları ilə paylaş: