XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 917 - import qilingan ko'plab mahsulotlarni mahalliy sanoat markazlarida ishlab
chiqarishni rag'batlantirdi. Birinchi jahon urushidan so'ng 1970-yillarning boshlariga
qadar ishlab chiqarish sanoati to'la ish bilan ta'minlash uchun import-litsenziya
to'lovlari bilan himoyalangan. Ikkinchi jahon urushidan keyin 20-asrning oxirlarida
hukumatlar zaiflashgan bo'lsada, mamlakatni iqtisodiy jihatdan himoya qiluvchi
siyosatlar qabul qilindi. Avtomobilsozlik va elektrotexnika jihozlarini yig'ish kabi
ko'p mehnat talab qiladigan ishlab chiqish faoliyati jahon bozorlaeida raqobatlasha
olmadi. Usbu sektorlar aholini ish bilan ta‘minlagan bo‘lsada, yalpi ichki
mahsulotning hissasi sifatida muhim ahamiyat kasb etdi. Yirik sanoat korxonalari
ofshor hududlarda ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirdilar.
6.2.1-rasm . Yangi Zelandiyada sanoatining yillar oralig’ida o’zgarish darajasi ( 2008-2018 yil birinchi choragi) 599 Yangi Zelandiya sanoatda ishlab chiqarilgan YaIMning miqdori 2017 yilning
to'rtinchi choragida (2016-yilning to'rtinchi choragida 5,943 mlrd. NZD) 5,936
mlrd. NZD ga kamaydi. 1987 va 2017 yillar oralig'ida o'rtacha 5,238 mlrd. NZDga
teng bo'ldi. Yillik o‘sish darajasi esa 2018 yilda 2 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich
2014 yil martida eng yuqori natija qayd etgan bo‘lib, 6,1 foizni tashkil qilgan.
Mamlakatda yillik o‘sish darajasi 2009 yil avgustida 12 foiz natija qayd etgan. 2018
yil birinchi chorgiga kelib sanoat yillik o‘sish darajasi 8.3 foizni tashkil qildi.
599 https://tradingeconomics.com/newzeland/industrial -production