XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 919 - 40,801 mlrd. NZDni qayd etib, eng past rekord daraja bo'lgan natija 16,800 mlrd.
NZDni bilan 1987 yilning ikkinchi choragida kuzatildi
600
.
Mamlakatning yirik banklari
National Australia Bank
ANZ Bank New Zealand
New Zealand
ASB Bank
Commonwealth Bank
Kiwibank New Zealand Post
Co-operative Bank
601
6.2.7. Tashqi savdo munosabatlari Qishloq xo'jaligi mahsulotlari - asosan, go'sht, sut mahsulotlari, meva va
sabzavotlar - Yangi Zelandiyaning yirik eksporti; neft, yog'och va qog'oz
mahsulotlari ham muhim ahamiyatga ega. Asosiy import neft mahsulotlari va qayta
ishlangan neft, mashina va transport vositalari hisoblanadi. Yangi Zelandiyaning
asosiy savdo hamkorlari Avstraliya, Xitoy, AQSh va Yaponiya hisoblanadi. Savdo
bitimlarining ketma-ketligi 1983 yilda imzolangan Avstraliya va Yangi Zelandiya
bilan yaqinroq iqtisodiy aloqalar to'g'risidagi bitimning asosini tashkil etdi. Ushbu
bitim ikki mamlakat o'rtasida savdo-iqtisodiy kvotalarini bartaraf etdi va
iqtisodiyotini integratsiyalashishga ilk qadam sifatida namoyon bo‘ldi. Yangi
Zelandiya ham Xitoy bilan erkin savdo shartnomasiga ega. Avstraliya bilan Yangi
Zelandiya birgalikda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN)
bilan erkin savdo uyushmasini tuzishda yetakchi mamlakatlar hisoblanadi.
Yangi Zelandiyaning jahon bozorlaridan uzoq masofalarda joylashganligi
uning global bozorlarda raqobatlash imkonoyatini sezilarli darajada qiyinlashtiradi.
Avstraliya, Yangi Zelandiyaning eng yaqin qo'shnisi hamda eng yirik savdo
hamkori hisoblanadi.Mamlakat Okeaniyaning 14 mamalakati bilan erkin savdo
aloqlarini samarali yo‘lga qo‘ygan. 2013 yilda Yangi Zelandiyaning asosiy savdo
600 https://tradingeconomics.com/new-zealand/gdp-from-services 601 https://nzbank s.com/popular-new-zealand-banks