XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 108 -
o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 6 mart kuni
o`rnatilgan.
Ikki mamlakat
o‗rtasida turli, jumladan oliy darajadagi siyosiy muloqot yo‗lga qo‗yilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Germaniyaga rasmiy
tashriflari (1993-, 1995- va 2001-yillar), Germaniya Prezidenti R.Gerzogning
O‗zbekistonga davlat tashrifi (1995yil) va Kantsleri G.Shryoderning rasmiy tashrifi
(2002-yil)
amalga oshirilgan. Tashqi ishlar vazirliklari o‗rtasida
siyosiy
maslahatlashuvlarning 13 ta doirasi o‗tkazilgan. Shuningdek, parlamentlararo
aloqalar, huquq va xavfsizlik sohalarida hamda mudofaa vazirliklari yo‗nalishida
hamkorlik faol rivojlanmoqda.Germaniya O‗zbekistonning Yevropadagi asosiy
savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda korporativ
boshqaruvning samarador usullarini joriy
etishda rivojlangan davlatlar, xususan,
Germaniya tajribasi o‗rganilmoqda. Germaniyaning ―Daimler‖, ―Siemens‖,
―BMW‖, ―Lufthansa‖, ―Thyssen Krupp‖, ―MAN‖, ―Knauf‖ singari 25 yetakchi
kompaniyasi tashabbusi bilan 2002-yilda asos solingan Yevropa menejment va
texnologiyalar maktabi bilan hamkorlik bu borada muhim rol o‗ynamoqda
36
.
2017-yil yakunlariga ko‗ra, o‗zbek-german savdo aylanmasi hajmi 613,2
million AQSh dollarini tashkil etdi. Ikki mamlakat o‗rtasidagi moliyaviy va
texnikaviy hamkorlikning umumiy hajmi 329,9 million yevrodan oshgan.
O‗zbekistonda nemis madaniyati va tilini o‗rganishga katta qiziqish mavjud. Nemis
tili respublikada eng ko‗p tarqalgan chet tillari orasida ikkinchi o‗rinni egallaydi.
Hozirgi paytda oliy ta‘lim sohasida Germaniyaning 20 dan ortiq oliy o‗quv
yurtlari
bilan sheriklik aloqalari o‗rnatilgan bo‗lib, talabalar, mutaxassislar va pedagog
kadrlar almashinuvi yo‗lga qo‗yilgan. Ikki tomonlama madaniy-gumanitar
munosabatlarni rivojlantirishda Toshkent va Berlin,
Samarqand va Bremen, Buxoro
va Bonn shaharlari o‗rtasidagi hamkorlik aloqalari muhim rol o‗ynaydi
37
.
Dostları ilə paylaş: