Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

1997 yil 27 avgust. 
Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi hamda Ta’lim 
toʻgʻrisidagi yangi qonun qabul qilindi. Uning asosiy maqsadi ta’lim sohasini 
tubdan isloh qilish, uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan 
toʻla xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va 
axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy 
tizimini yaratishdan iborat qilib belgilangan.
“Ta’lim toʻgʻrisida” gi qonunga binoan umumta’lim maktablarida umumiy 
oʻrta ta’lim (toʻqqiz yillik) joriy qilindi.
 
1999 yil.
Yangi davlat ta’lim standartlari joriy qilindi. Unga koʻra 
informatika fanini oʻqitish 8 sinfda-1 soat, 9 sinfda esa-2 soatdan qilib belgilangan 
boʻlib, oʻquvchilarning informatika fani boʻyicha quyidagi bilim, koʻnikma va 
malakalarni egallashlari belgilab qoʻyilgan: 

informatika va hisoblash texnikasi asoslariga oid tushunchalarni bilish; 

zamonaviy kompyuter texnikasi, asosiy qurilmalari va ularning ish 
prinsiplarini bilish; 

axborotni tasvirlash, kodlash, oʻlchash va qayta ishlash usullarini bilish; 

algoritmlashning asosiy koʻnikmalariga ega boʻlish; 

kompyuterda masalalar echish bosqichlari haqida tasavvurga ega boʻlish; 

zamonaviy axborot texnologiyasining jamiyatimizdagi istiqboli haqida 
tasavvurga ega boʻlish; 

dasturlash tillarining xillari, tuzilishi va qoʻllanilishini bilish; 

kompyuter savodxonligini minimal darajada namoyish qila olish; 

inson faoliyatining turli sohalariga kirgan zamonaviy axborot 
texnologiyasini namoyish qila olish. 
Asosiy manba sifatida B. Boltaev rahbarligida ishlab chiqilgan 
“Informatika” darsligidan foydalanildi. 
2002 yil. 
Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va 
jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, 
kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy 


45 
etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-
ehtiyojlarini yanada toʻliqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish 
hamda jahon axborot resurslaridan bahramand boʻlishni kengaytirish uchun qulay 
shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” gi PF-3080 sonli farmoni qabul qilindi. 
Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlariga rioya etilishini, har kimning 
axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekchirish, tarqatish, foydalanish va 
saqlash huquqlari roʻyobga chiqarilishini, shuningdek, axborotning muhofaza 
qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini 
ta’minlash maqsadida “

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin