11. Hayvonlarni sug‘orish qurilmalari, ularning turlari, vazifasi, tuzilishi, ish jarayonini va rostlanishini o‘rganish (2 soat) Mashg‘ulotning maqsadi



Yüklə 57,11 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü57,11 Kb.
#207013
  1   2   3   4
26.mavzu


11. Hayvonlarni sug‘orish qurilmalari, ularning turlari, vazifasi, tuzilishi, ish jarayonini va rostlanishini o‘rganish (2 soat)


Mashg‘ulotning maqsadi: Hayvonlarni sug‘orish qurilmalari, ularning turlari, vazifasi, tuzilishi, ish jarayonini va rostlanishini va undan foydalanishni o‘rganish va amaliy ko‘nikmlar olish.
Kerakli jihoz va uskunalar: PA-1, AP-1, GAO-4A, AOU-2/4, AGK-4A, AGK-12 va VUO-3A avtosug‘orgichlari, o‘quv plakatlari, slesarlik asboblari, doska, bo‘r.
Mashg‘ulotni bajarish tartibi:
1. PA-1, AP-1 avtosug‘orgichilarining vazifasi, ishlash jarayonini o‘rganish va amaliy ko‘nikmlar olish.
2. GAO-4A, AOU-2/4 avtosug‘orgichilarining vazifasi, ishlash jarayonini o‘rganish.
3. Suvni isitib beradigan AGK-4A qurilmalarining vazifasi, ishlash jarayonini o‘rganish.
4. AGK-12 avtosug‘orgichining vazifasi, ishlash jarayonini o‘rganish.
5. VUO-3A ko‘chma avtosug‘orgichining vazifasi, ishlash jarayonini o‘rganish..
6. Amaliy mashg‘ulot bo‘yicha hisobot yozish va uni himoya qilish.
Chorvachilik fermalarida ularning biologik turiga ko‘ra hayvonlarini mexanizatsiyalashtirilgan holda suv bilan ta’minlash tizimida suvni isitilgan va isitilmagan holda sug‘orish uchun induvidual guruhli, turg‘un va ko‘chma avtosug‘orgichlar ishlatiladi.
Fermalarda qoramollar uchun PA-1, AP-1 (10.1, 10.2 - rasmlar), cho‘chqalar uchun PSS-1 rusumli avtosug‘orgichlar ishlatiladi. PA-1 va AP-1 avtosug‘orgichi quyidagicha ishlaydi. Hayvon avtosug‘orgich kosasining tagida qoladigan oz miqdordagi suvni ichish uchun uning pedalini tumshug‘i bilan bosadi. Sug‘orgich klapani ochilib trubadan sug‘orgich kosasiga suv jo‘mrak orqali tushadi. Suv ichib bo‘lgan hayvonning tumshug‘i pedalni qo‘yib yuboradi va sug‘orgichning prujinasi klapanni berkitadi. Kosaga suv tushishi to‘xtaydi.




10.1-rasm. PA-1 kosali avtosug‘orgich:
1-kosa;2-pedal; 3-qistirma;
4-prujina; 5-korpus; 6-klapan;
7-klapan korpusi.

10.2-rasm. AP-1 kosali avtosug‘orgich:
1-pedal; 2-amortizator; 3-klapan;
4-klapan tagi; 5-suv ichish kosasi;
6-truba.

Qo‘ylarni turg‘un sharoitda suvni isitmay ishlatiladigan guruhli avtosug‘orgichlarga GAO-4A, AOU-2/4 va suvni isitib beradigan AGK-4A qurilmalari kiradi. GAO-4 avtosug‘orgichi qo‘ylar qo‘yxonalarda va ochiq yayratish maydonlarida bir vaqtning o‘zida 4 ta qo‘yni 00S dan yuqori haroratda bo‘lgan hollarda sug‘orish uchun mo‘ljallangan. Sug‘orgich idishi diametri 500 m, chuqurligi 150 mm bo‘lib, tepasiga qopqoq va ichiga po‘kakli klapanli mexanizm o‘rnatilgan (10.3-rasm). Sug‘orgich idishning pastki qismiga suv tarmog‘iga tutashtiruvchi uch tomonli trubali taqsimlagich va tayanch qismlaridan iborat. Klapanli mexanizm idishda doimo suv bo‘lishini ta’minlaydi.
Qoramolchilik fermalarida ham AGK-4A rusumidagi suvni belgilangan tartibda isitib beradigan guruhli turg‘un avtosug‘orgichlar keng qo‘llaniladi. Bu avtosug‘orgich qo‘yxonalar ichiga va tashqaridagi qo‘ylarni yayratish maydonlariga o‘rnatiladi va himoyalangan elektrtarmog‘i bilan ta’minlangan. Sug‘orish idishi 60 litr bo‘lib sug‘orgichning elektr isitgichi suv haroratini 40S dan 180S gacha isitilgan holda bo‘lishini avtomatik holda ta’minlaydi va har biravtosug‘orgich 200...250 bosh qo‘yni suv bilan ta’minlaydi.
10.3-rasm. GAO-4A avtosug‘orgichi:
1-trubasi; 2-pona; 3-korpus;
4-qalqovuch; 5-to‘siq; 6-shtok; 7-qopqoq;
8-shtutser; 9-gayka; 10-klapan;
11-qistirma;12-kosa; 13-vtulka; 14-qoziq;
15-tayanch halqa.

Bu turdagi avtosug‘orgichlar dielektrik himoyalagichlar va erga konturli himoyalash simlari va elektrodli plastinkalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. AGK-12 avtosug‘orgichi (10.4-rasm) qoramolchilik fermalaridagi hayvonlarning yayratish joylari va yozgi yaylovlarida foydalanishga mo‘ljallangan. Avtosug‘orgich 3000l sig‘imli idish, qopqoq, vakuumli truba, sug‘orish navlari, tayanch ramadan iborat.



10.4-rasm. AGK-12 avtosug‘orgich:
1-bo‘g‘zi;2-qopqoq;
3-sisterna;4-vakuumli truba;
5-novlar; 6-qoziq;
7-sirpanuvchi rama.
12.1-jadval
Turg‘un avtosug‘orgichlarning texnik tavsifnomalari

Ko‘rsatkichlar

GAO-4A

PA-1,

AGK-12

AGK-4A

Suv ichadigan hayvonlar soni, bosh

200...250

2

100-120

50-100

Suv idishning sig‘imi, l

10

20

3000

60

Suv ichish fronti, m

3,6

-

6

2

Elektr qizdirgichlari quvvati, kVt

-

-

20

1,0

Massasi, kg

22

5

500

62

Yaylov sharoitida qo‘ylarni sug‘orish uchun VUO-3,4A rusumidagi ko‘chma sug‘orish qurilmasi ishlatiladi. Bu qurilma 9...14 kN klassdagi traktorlar yordamida ishlatiladi va suvni suv manbalaridan olish, qo‘ylar sug‘oriladigan joyga tashish, sug‘orish novlarini o‘rnatish va ularni suv bilan ta’minlash jarayonlarini bajarish uchun xizmat qiladi (10.5-rasm).

10.5-rasm. VUO-3A ko‘chma avtosug‘orgich: 1-sug‘orish novlari; 2,3-suv quyish trubalari; 4-vakuum rostlagich; 5-tutashtiruvchi shlang.
VUO-3A qurilmasi suv sig‘imi 5 m3 bo‘lgan idish o‘rnatilgan bir o‘qli, g‘ildirakli yurish qismi, rama, suv nasosi, 10 dona sug‘orish novlari, sug‘orish novlarini suv bilan ta’minlanishini boshqaruv va o‘lchov asboblari bilan jihozlangan. Markazdan qochma suv nasosi idishni 4,5 m chuqurlikdagi suv manbalaridan to‘ldirish imkoniyatiga ega. Qurilmaning umumiy suv ichish fronti 200 qo‘yga mo‘ljallangan va 1000...1500 bosh qo‘ylarni sug‘orish imkoniyatiga ega.

Yüklə 57,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin