Suv manbalari. Chorvachilik fermalarini suv bilan ta’minlashda er ustidagi ochiq va er osti suv manbalari ishlatiladi. Ochiq suv manbalariga ariq, kanal, ko‘l, suv ombori va hovuzlar kiradi. Bu turdagi suv manbalarining ifloslanganlik darajasi yuqori bo‘lganligi tufayli respublikamizning ko‘pgina hududlarida foydalanishga yaroqsiz va ishlatilishi uchun tozalash talab etiladi. SHuning uchun chorvachilik fermalarida asosan er osti (dinamik chuqurligi 3 metrdan katta bo‘lgan) suv manbalari ishlatiladi. Er osti suv manbalarining 3 metrdan 50 metrgacha bo‘lgan qismidagi suv miqdori va sifati odatda yilning yog‘ingarchiligiga qarab o‘zgarib turadi. SHuning uchun chuqurligi 50 metrdan chuqur joylashgan er osti manbalari yilning hamma vaqtlarida turg‘un, toza, harorati o‘zgarmas holatda bo‘ladi va katta suv zaxiralariga ega bo‘ladi.
Suv olish qurilmalari. Er usti suv olish qurilmalari o‘z navbatida suv manbalarining turiga qarab turlicha bo‘ladi.
1. Suv manbalari katta bo‘lmagan va sayoz bo‘lgan hollarda suv olish trubalari suv manbalarining eng chuqur joyiga ya’ni o‘rtasiga o‘rnatiladi.
2. Suv manbalari chuqur va qirg‘oqlari tik bo‘lgan hollarda, qirg‘oq oldi suv olish quduqlari qazilib suv o‘z napori bilan quduqni to‘ldirib turadi. Bu quduq suvni tindirgich vazifasini ham bajaradi. Ko‘p hollarda suv chiqarish nasoslari shu kuduqqa o‘rnatiladi.
3. Suv manbalarining yuza qismi har xil aralashmalar (muz, cho‘kindilar va boshqalar) bilan qoplangan hollarda maxsus suv olish kanallari quriladi va bu kanallar dambalar orqali ajratilgan bo‘ladi.
Er osti manbalaridan suv olish qurilmalari. Bu turdagi suv olish qurilmalariga quduqlar deyiladi. Quduqlar ikki turga bo‘linadi: shaxtali quduqlar va trubali (artezian) quduqlar.
Shaxtali quduqlar (3.2.1.a-rasm). Bu turdagi quduqlar chuqurligi 100 metrgacha, diametri 0,8...1,3 m bo‘lgan va tik qazilgan suv olish qurilmasi bo‘lib, Respublikamiz hududlarida qadimdan keng ishlatilib kelinadi. Quduqning sirt yuzasi maxsus yog‘ochli shoxlar yoki temir-beton qoplamalar bilan qoplanadi. Stvolning suvli qismi (2...5 m) suv o‘tkazuvchi teshikli beton qoplamalar bilan qoplanadi, quduqning er usti qismi ko‘tarilib yopiq qopqoq va ventilyasiya tuynigi bilan jihozlanadi.